1 dekabrdan NamDUda öqiş haftada 5 kun böladi, şanba - amaliyot kuni!

1 dekabrdan NamDUda öqiş haftada 5 kun böladi, şanba - amaliyot kuni!

Namangan Davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Sobitxon TURĞUNOV:

«Tarbiya –biz uçun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir». Abdulla Avloniyning tarbiya mavzusidagi dolzarb sözlari zamirida hayotiy haqiqat mujassam. Darhaqiqat, kelajak avlodni soğlom va bilimli etib tarbiyalaş millatning ertangi kunini yaratişdir. Mana şunday ezgu maqsad yölida bugun mamlakatimizda taʼlim tizimiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Yangiça dunyoqaraşni şakllantiriş, taʼlim jarayonlariga innovatsiyalarni jalb etiş, xorij amaliyotini çuqur örganiş, soha vakillarini qöllab-quvvatlaş, ular mehnatini munosib rağbatlantiriş, oliy taʼlim tizimi va umumiy örta taʼlim maktablari bilan mustahkam aloqa örnatiş dolzarb mavzuga aylangani barçamizga ayon. Buni Prezidentimizning tizimga oid Farmon va qarorlari qabul qilinayotganida köriş mumkin. Muhimi, ularning ijrosini sözsiz taʼminlaşga intiliş bor. Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmonida oliy taʼlim tizimida bajarilişi lozim bölgan işlarning qonuniy asoslari belgilandi. Namangan Davlat universitetida bugungi kunda 600 nafardan ortiq professor-öqituvçilar faoliyat yuritmoqda. Ular tajribasidan samarali foydalaniş imkoniyati mavjud. Talabalar soni esa 20 ming nafarga yaqinlaşayotgani universitet nufuzining tobora ortib borayotganidan dalolat. Ularga eng zamonaviy usullarda taʼlim beriş oliy maqsadimizdir. Farmonda qayd etilganidek, xorijiy davlatlardagi oliy taʼlim muassasalari tajribasidan keng foydalaniş, xorijiy tillarda öqitiş amaliyotiga ötiş, kredit-modul tizimini yanada rivojlantiriş borasida bir qator işlar amalga oşirildi. 5 ta taʼlim yönalişida 9 ta akademik guruhlar şakllantirildi. Jumladan, Turizm hamda Mehmonxona xöjaligini taşkil etiş kabi yönalişlardagi guruhlarda fanlar ingliz tilida olib borilib, ularning kasbiy könikmalari oşiriladi.
Qolaversa, farmonda barça oliy taʼlim taşkilotlarida axborot-resurs markazlari bazasidagi darslik, öquv-uslubiy va qöllanmalar raqamli formatga ötkazilişi belgilab qöyilgan. Hozirda universitetning axborot texnologiyalari markazi 245685 ta turli adabiyotlar, öquv qöllanmalar fondiga ega. Ayni paytda bu yerda raqamli formatga ötkaziş işlari boşlandi va yagona axborot qidiruv tizimi yaratiladi. Unda talaba va professor-öqituvçilar özlariga kerakli bölgan turli adabiyotlarga onlayn buyurtma berib, elektron platformadan keng foydalaniş imkoniyatiga ega böladilar. Farmondan kelib çiqib, talabalarga nazariy bilim bilan bir qatorda öz mutaxassisliklari böyiça amaliy jarayonlarga qatnaşişlarining aniq çora-tadbirlar rejasi işlab çiqildi. 2020-2021 öquv yilining 1 dekabridan boşlab universitetda 5 kunlik öqiş kuni joriy etiladi. Şanba kuni «Amaliyot kuni» deb belgilanadi. Unga köra, har bir talaba öz hududidan kelib çiqqan holda mutaxassisliklari böyiça işlab çiqariş korxonalariga, taʼlim tizimining boşqa böğinlariga jalb qilinadilar.
Bundan taşqari, taʼlim sifati, öqituvçilar malakasini yanada oşiriş maqsadida Namangan viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi va Namangan davlat universiteti örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu orqali umumiy örta taʼlim maktablariga çuqur kirib boriş mexanizmi yaratildi. Oliy taʼlimga kirişda quyi körsatgiçlarga ega 206 ta umumiy örta taʼlim maktablarida universitetning fan tögaraklari taşkil etildi. Fan tögaraklari faoliyati şundan iboratki, professor-öqituvçilar haftaning aniq belgilangan kunida öquvçilarga oliy va professional taʼlimga özgaça yondoşuv dasturlari asosida bilim beradilar. Tögaraklar uçun kerakli bölgan zamonaviy moddiy-texnik jihozlar töliq universitet tomonidan taʼminlanadi. Bu maktab öqituvçilariga yaqindan kömak beriş, ularning bilimini yanada mustahkamlaşdan iborat. Professor-öqituvçilarning ilmiy salohiyati va darajasi tögaraklarda taʼlim olayotgan yoşlarning oliy taʼlim tizimiga kiriş natijasi bilan baholanadi hamda olayotgan maoşlariga 30 foiz ustama qöşib beriladi.


Şuningdek, maktabdagi magistratura yönalişini tamomlagan yoki 5 yillik oliy taʼlim mutaxassislik diplomiga ega bölgan malakali öqituvçilar universitetda örindoşlik asosida işga jalb qilinişlari maktab va universitet hamkorligini yanada kuçaytirişi aniq.
Şu bilan bir qatorda, universitet tögaraklarida faol iştirok etgan, barça fanlardan aʼlo baholarga öqigan yigit-qizlarga universitet stipendiyalari tayinlandi. Maqsad tögaraklarni nomiga yölga qöyiş emas, Davlatimiz rahbari aytganlariday, yoşlarga çuqur bilim beriş hamda ularni katta hayotga tarbiyalaşdir. Şuningdek, farmondagi xalq taʼlimi xodimlarining malaka oşiriş jarayonini «Hayot davomida öqiş» tamoyili asosida viloyatdagi 159 ta umumiy örta taʼlim maktablarida universitetning metodik markazlari şakllantirilib, uning aniq çora-tadbirlari işlab çiqildi hamda professor-öqituvçilar biriktirildi. Markazlarning asosiy vazifasi maktab öqituvçilarining bilim va malakasini oşiriş, ularni qayta tayyorlov kurslarida öqitiş va sertifikat bilan taʼminlaş. Mazkur sertifikat ularni har 5 yilda oşirilişi kerak bölgan malakalari bilan teng hisoblanadi. Buning afzallik tomoni şundaki, endilikda öqituvçilar viloyat markaziga malaka oşiriş uçun kelmaydilar. Öqituvçi dars jarayonlaridan ajralmagan holda öz malakasini oşiriş imkoniyatiga ega bölayotgani albatta taʼlim sifatini oşişida muhimdir. Unda nafaqat bitta fan balki, pedagogik-psixologik metodlar, Prezident asarlari va farmonlari, siyosiy bilimlar çuqur örgatiladi. Hozirda universitetda işçi guruhi faoliyat yuritmoqda. Işçi guruhiga masʼullar tayinlangan bölib, ular tumanlarda olib borilayotgan işlarni tahliliy çuqur örganib boradilar, axborot bazasi yaratiladi. Yana bir muhim jihat, universitetda olib borilayotgan işlarni xolislik bilan yoritib boriş maqsadida viloyatimizdagi OAV bilan keng hamkorlik qiliş tadbirlar rejasiga kiritilgan.
Hozir universitetimizdagi har bir professor-öqituvçi Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, kelgusi avlodning taʼlim-tarbiyasiga munosib hissa qöşiş, çuqur bilim beriş borasida mehnat qiliş istagini bildirmoqda. Şu orqali «Namangan tajribasi» yaratiladi. Bu yölda birdamlik, hamjihatlik, aniq rejalar asosida harakatlaniş natija berişi, şubhasiz.

«Yangi Özbekiston» gazetasining Namangandagi muxbiri
Orifjon JÖRAYEV yozib oldi.

×