Boşlanğiç sinflarga yangi darslik kiritildi

Boşlanğiç sinflarga yangi darslik kiritildi

Endilikda barça umumtaʼlim maktablarida 1-6-sinflar uçun möljallangan hamda bir neçta fan: kimyo, geografiya, biologiya va fizika fanlarining boşlanğiç tuşunçalarini özida birlaştirgan Tabiiy fanlar darslari yölga qöyiladi.

Taʼlim tizimida şu vaqtga qadar Science fani xususiy maktablar hamda Prezident maktablarida öqitib kelinayotgan edi. Endilikda barça umumtaʼlim maktablarida bir neçta fan: Atrofimizdagi olam, Tabiatşunoslik, Geografiya, Biologiya hamda Fizika fanlarining boşlanğiç tuşunçalarini özida birlaştirgan Tabiiy fanlar darsligi öqitiladi.

Umumiy örta taʼlimning 1-6-sinflari uçun möljallangan Science fani bir neçta fanlarni birlaştirgan va STEAM tizimi asosida köplab ijtimoiy, iqtisodiy fanlar bilan integratsiyani taʼminlagan. Uşbu darslikning quyidagi ustuvorliklari mavjud:

  •  bilim va könikmalarni spiralsimon usulda oddiydan murakkabga tomon rivojlantirib boriş közda tutilgani hisobiga öquvçilarga olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglaşga yordam beradi;
  •  yaratilayotgan darslikka har bir bobning mavzusidan kelib çiqib, sodda kundalik turmuşda uçraydigan qiziqarli mavzular, tajribalar kiritildi. Endi bolalar «Öquv loyihasi» deb nomlangan amaliy maşğulotda özlari kiçik tajribalar ötkazib körişadi. Masalan, 1-sinflarga 1 öquv yili uçun 1 ta amaliy topşiriq, gul ekiş va uni parvarişlaş vazifasi berilgan. Öquvçilar özlari ekkan guldagi özgarişlarni yil davomida kuzatib, natijani daftarlariga qayd etib boradilar, ustozlari va sinfdoşlari bilan örtoqlaşadilar;
  •  anʼanaviy yondaşuvga asoslangan darsliklarda avval matn, keyin savollar berilgan bölsa, Science darsligida öquvçining mantiqiy fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş maqsadida avval savollar berilib, keyin matn keltirilgan. Maʼlumotlarning aksariyat qismi esa matn emas, rasm yoki illyustratsiyalar körinişida. Bu bolalarda har xil manbalarni tuşuna oliş, mavzuga ijodiy yondaşiş könikmasini şakllantiradi;
  •  darslik materiallarining audio va video variantlari ham mavjud bölib, ular ilk bor AR töldirilgan borliq tizimiga joylaştirildi. Agar smartfon darslik muqovasidagi QR kodga tutilsa, bolalar özlari örganayotgan obʼektning harakatlanib turganini körişlari, tovuşini eşitişlari yoki öşa obʼektning boşqa xususiyatlari bilan tanişişlari mumkin böladi.
×