Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritildi

Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritildi

Özbekiston Prezidenti “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş töğrisida”gi Qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.

Özgartirişga köra, Özbekistonda sud tizimi quyidagilardan iboratligi belgilandi:

•    Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
•    Özbekiston Respublikasi Oliy sudi;
•    harbiy sudlar;
•    Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toşkent şahar sudlari;
•    Qoraqalpoğiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toşkent şahar maʼmuriy sudlari;
•    fuqarolik işlari böyiça tumanlararo, tuman, şahar sudlari;
•    jinoyat işlari böyiça tuman, şahar sudlari;
•    tumanlararo, tuman, şahar iqtisodiy sudlari;
•    tumanlararo maʼmuriy sudlari.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.

Eslatib ötamiz, Oliy Majlis Senati Konstitutsiyaga kiritilgan özgartirişlarni joriy yilning 6 yanvarida maqʼullagandi.

×