Bugun, 17 sentyabr kuni Namangan şahrida ötayotgan “Kambağallikdan farovonlik sari” xalqaro forumi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir bilan uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuv avvalida uşbu nufuzli xalqaro moliyaviy taşkilot rahbari forum muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan samimiy tabriklab, ITB Özbekistonda kambağallikni yanada qisqartiriş borasidagi vazifalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanini taʼkidladi.
Keyingi yillarda ITB bilan şeriklik jadal rivojlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etilgan. Qöşma loyihalar portfeli 5 milliard dollardan oşib, bugungi kunda transport, infratuzilma, uy-joy qurilişi, energetika, soğliqni saqlaş, taʼlim kabi ustuvor sohalarni qamrab olgan. Şu bilan birga, investitsiyalarning 40 foizdan ortiği xususiy sektorga töğri keladi.
Davlat rahbari ITB bilan loyihalar portfelini ikki barobar köpaytiriş, infratuzilma, ijtimoiy soha va xususiy sektor loyihalarini moliyalaştiriş hajmini oşirişni nazarda tutadigan uzoq muddatli Strategik şeriklik dasturini qabul qiliş taşabbusini ilgari surdi.
Xususiy biznes salohiyatini röyobga çiqariş, mamlakat hududlarida zamonaviy tibbiyot markazlarini barpo etiş, avtomobil yöllarini modernizatsiya qiliş, irrigatsiya kanallarini tiklaş va betonlaş hamda boşqa yönalişlarda aniq loyihalarni ilgari surişga alohida eʼtibor qaratildi.









