Toşkentda haydovçilar ustundagi bayroqni olib, maşinasiga örnatib harakatlandi

Toşkentda haydovçilar ustundagi bayroqni olib, maşinasiga örnatib harakatlandi

Toşkentda ustunlarga örnatilgan davlat bayroğini özboşimçalik bilan yeçib olib, maşinalariga örnatayotgan şaxslarga nisbatan içki işlar organlari xodimlari çora körayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Xabar qilinişiça, 1 sentyabr kuni poytaxtning bir neçta tumanlarida transport vositalarining haydovçilari va yölovçilari bayram munosabati bilan hokimiyat tomonidan örnatilgan davlat bayroqlarini özboşimçalik bilan yeçib olgan. Ular bayroqlarni özlarining avtomaşinasiga örnatib, bayramni nişonlamoqçi bölgan. Biroq bayroqlar transport vositasiga mustahkamlab örnatilmagan, transport vositasidan taşqariga çiqib turişi esa avtomaşinada harakatlaniş çoğida noqulayliklar tuğdirib, harakat xavfsizligiga tahdid solgan.

Şuningdek, bu holatlar fuqarolar tomonidan davlat ramzlari va davlat mulki töğrisidagi qonun talablarining buzilişiga olib kelgan. Maʼlum qilinişiça, bu kabi huquqbuzarliklarni sodir etgan şaxslar Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 203-1-moddasiga köra (Davlat ramzlari töğrisidagi qonunçilikni buziş) maʼmuriy javobgarlikka tortilişi mumkin.

Avvalroq «Xalqlar döstligi» sanʼat saroyi yonida muştlaşuv bölgani va Toşkentda Prezident taşrifidan söng bolalar maydonçasidan konstruktsiyalar olib taşlangani xabar qilingan.

×