Bojxona tölovlarini tölamaslik maqsadida yurtimizga turli qinğir yöllar bilan olib kelinayotgan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga çek qöyiş borasida bojxona organlari xodimlari tomonidan muntazam ravişda tezkor qidiruv tadbirlari ötkazilmoqda.
Xususan, Davlat bojxona qömitasining Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş boşqarmasi hamda Namangan viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan Yangiqörğon tumanida tezkor tadbir ötkazildi.
Tezkor tadbir davomida fuqaro M.A. boşqaruvidagi “GAZ-53” rusumli yuk avtomaşinasi Qöriq MFY hududida töxtatilib, belgilangan tartibda közdan keçirildi. Natijada, uşbu yuk maşinasi qöşni mamlakatdan noqonuniy ravişda Özbekistonga olib kirilganligi hamda unga taqib olingan davlat raqami aslida “Kobalt” avtomaşinasiga tegişli ekanligi maʼlum böldi.Bu haqda Davlat bojxona qömitasi xabar bermoqda.
Yana bir holatda davlat raqami mavjud bölmagan “Neksiya-2” rusumli avtomaşina Yangiqörğon tumani Zarkent qişloği Furqat MFY hududida töxtatilib, örnatilgan tartibda nazoratdan ötkazildi. Natijada, avtomaşina muqaddam qöşni mamlakatdan noqonuniy yöllar orqali olib ötilganligi hamda avtomaşina yukxonasida Uyçi tumanida yaşovçi A.Z.ga qaraşli “VAZ-2101” rusumli avtomaşinaga tegişli davlat raqami borligi aniqlandi.
Hozirda uşbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.









