Toşkent viloyatidagi Mustaqillik monumentining oçiliş marosimi bölib ötayotgani xabar qilingandi. Unda Şavkat Mirziyoyev Birinçi Prezident haqida gapirdi.
Maʼlum bölişiça, maydonda Özbekistonning sobiq mustabid tuzum davridagi oğir hayoti, qatağon siyosati, xalqning Ikkinçi jahon uruşida körsatgan jasorat va matonati lavhalarda körsatilgan.
«Ğoyat qiyin va murakkab şaroitda respublika ravnaqini, xalqimizning tinçligi va omonligini öylab, özini ayamasdan xizmat qilgan atoqli davlat arboblarimiz faoliyati ham atrofliça yoritildi.
Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimov rahbarligida xalqimizning milliy mustaqillikka erişiş yölini aks ettiriş eʼtibor markaziga qöyildi», — dedi davlat rahbari.
Avvalroq Şavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uçraşuvida nutq sözlagani xabar qilingandi.









