Islom Karimov qizi Gulnoraga şippak otgan

Islom Karimov qizi Gulnoraga şippak otgan

2014 yil oxirlarida Karimovlar oilasidagi janjallar sabab Islom Karimov qizi Gulnoraga suhbat çoğida şippak uloqtirgan. Bu haqda 2011-2014 yillarda AQŞning Özbekistondagi elçisi lavozimida faoliyat yuritgan Jorj Krol öz memuarida maʼlum qildi.

U özining yaqinda eʼlon qilgan esdaliklarida bu voqeani quyidagiça eslaydi:

“Men Karimovning oilasidagi ğalati muammoga aralaşib qoldim. Yangi yil keçasi keçki payt elçixonada işlayotgan edim. Elçixona darvozasi oldidagi qorovul menga qönğiroq qilib, bir mehmon zudlik bilan meni – Karimovning tönğiç qizi Gulnora Karimova öz bolalari bilan körmoqçi ekanligini aytdi. Vaqt allamahal bölib qolgan edi. Men ularni elçixonaning qabulxonalaridan birida yakka tartibda qabul qildim. Gulnora Versace va Gucci kostyumlarini kiyib, hayoti va muammolari haqida uzoq hikoya qila boşladi. Men sabr bilan tingladim, bolalariga suv olib keldim va elçixonamizdan boşpana söramoqçi bölişidan qörqib, mendan nima istaşini söradim. Özbekiston Prezidentining qizi öz oilasi tomonidan taʼqib qilinayotgani haqida gapirayotgan edi”, deb yozadi sobiq elçi.

Jorj Krol ikki soatlik maşaqqatli monologining oxirida Gulnora Karimova otasining özi ekaniga işonç hosil qilganini aytadi. Elçiga köra, Gulnora Karimova undan otasi bilan uçraşişda yordam söragan. 

“Uning sözlariga köra, onasi [Tatyana Karimova], singlisi [Lola Tillyayeva] va Karimovning saroy aʼyonlari Gulnoraga otasini körişga ruxsat bermagan. Soat yarim tunga yaqinlaşib, yangi yil tongi otganda, özimni juda yengil his qildim. Men Gulnora va uning bolalarini elçixona yonida kutib turgan avtomobilga kuzatib qöydim va uning otasi bilan qölimdan kelganini qilişga vaʼda berdim. Ertasi kuni Yangi yil arafasida Karimov bilan boğlanişga muvaffaq böldim. Oradan köp ötmay, Gulnora menga quvonçli xabar yöllab, uçraşuv tayinlanganini aytdi. Keyinroq undan eşitdimki, uçraşuv muvaffaqiyatsiz bölib, otasi unga şippak uloqtirişi bilan tugagan. Gulnorani boşqa körmadim”, deydi Jorj Krol.

Uning taʼkidlaşiça, Gulnora kamçiliklardan holi emas va u suhbat davomida aktrisalar kabi rolga kirişganini yaxşi eslaydi. Memuarda qayd etilişiça, Gulnora Karimova prezidentning qizi böliş qançalik dahşatli ekani va u öşa paytda öz irodasiga qarşi turmuşga çiqişga majburlangani haqida AQŞ elçisiga noligan. Krol Gulnora turmuş qurişga va uydan çiqmay, farzand tarbiyasi bilan maşğul bölişga majburlangani töğrisidagi gaplardan söng, uning ahvoliga rostmanasiga açingan. Bundan taşqari, Gulnora Jorj Krol bilan uçraşuvda otasining biznes hamda siyosatdan uzoqlaşib, diplomat böliş haqidagi taklifini rad etganidan juda afsusda ekanini ham tan olgan.

Maʼlumot uçun, 2013 yilning noyabr oyiga kelib, Gulnora Karimovaning qariyb 10 yil davom etgan xayriya va biznes faoliyatlariga nuqta qöyildi. Uning rahnamoligidagi taşkilotlar, xususan Fond Forum faoliyati tugatildi. Telekanallar, radiolar efiri uzildi, qama-qamalar avjiga çiqdi. Öşa kezlarda Gulnora Karimova Twitter’dan qator bayonotlar berdi. Bu işlar boşida onasi Tatyana Karimova va singlisi Lola Karimova turganini aytdi. U öz otasi bilan uçraşa olmayotganidan yozğirdi.


Teglar:
×