Andijondagi kafelardan biri xonandalar Jaloliddin Ahmadaliyev va Hamdam Sobirovlarning qöşiqlaridan ruxsatsiz foydalanayotganligi aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyat adliya boşqarmasi xabar bermoqda.
«Mualliflik huquqi va turdoş huquqlar töğrisida»gi Qonunning 45-moddasiga köra yuridik va jismoniy şaxslar, şu jumladan körsatuv yoki eşittirişni efirga uzatiş va kabel orqali yuborişni amalga oşiruvçi yuridik va jismoniy şaxslar, uşbu Qonunda nazarda tutilgan hollardan taşqari, asardan, ijrodan, fonogrammadan yoxud efir yoki kabel orqali körsatuv yoxud eşittiriş beruvçi taşkilotning körsatuv yoki eşittirişidan faqat huquq egasi yoki boşqa vakolatli şaxs bilan tuzilgan şartnomaga binoan foydalanişlari mumkin. Agarda şartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdoş huquqlar obʼektini takrorlaş, tarqatiş yoki undan boşqaça tarzda foydalanilgan bölsa Mazkur Qonunning 62-moddasiga asosan mualliflik huquqi va turdoş huquqlar buzilgan deb hisoblanadi.
Andijon viloyat adliya boşqarmasiga Özbekiston Respublikasi mualliflik va turdoş huquqlarni himoya qiliş jamiyati Andijon şahridagi umumiy ovqatlaniş joyida jamiyat aʼzolari hisoblangan Xamdam Sobirov va Jaloliddin Ahmadaliyev ijrosidagi qöşiqlardan heç qanday ruxsatsiz hamda tegişli litsenziya şartnomasini tuzmagan holda foydalanayotganligi yuzasidan murojaat qilgan. Murojaatda jamiyat xonandalar bilan tuzilgan şartnomalarga asosan ijroçilarning mualliflik huquqi obʼektlariga bölgan mutlaq huquqini Özbekiston Respublikasi hududida himoya qilişi qayd qilingan.
Murojaatni körib çiqiş davomida haqiqatan ham Andijon şahrida faoliyat yurituvçi «MÖʼJIZA SAVDO PLYUS» MÇJ tomonidan Xamdam Sobirov ijrosidagi «20 mart», «Tentakçam» hamda Jaloliddin Ahmadaliyev ijrosidagi «Janonim», «Yor bizdan ketdi» nomli qöşiqlari heç qanday ruxsatsiz va tegişli şartnoma tuzmagan holda omma eʼtiboriga yetkazilib kelinayotganligi aniqlangan.
Örganiş yuzasidan tadbirkorga yuqorida qayd etilgan qöşiqlarni foydalanadigan ijrolar röyxatidan (pleylist) öçirişni sörab, taqdimnoma kiritilgan. Şuningdek, jamiyat rahbariga mualliflik va turdoş huquq obʼektlaridan faqat huquq egasi yoki boşqa vakolatli şaxs bilan tuzilgan şartnomaga binoan foydalaniş lozimligi tuşuntirilgan.
Maʼlumot uçun, agarda tadbirkor bir oy davomida taqdimnoma ijrosini taʼminlanmasa qonunçilikda belgilangan tartibda jazoga tortilişi mumkin.









