Xorazm viloyati prokuraturasi ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “Xorazmda Xitoy vaktsinasini olgan ayol nogiron bölib qoldimi?” sarlavhasi ostida çiqqan video böyiça bayonot berdi.
Aniqlanişiça, 27 avgust kuni soat 10:00 larda Urganç şahrida yaşovçi 30 yoşli ayol Yo.Salayeva 1-son oilaviy poliklinikada şifokor körigidan ötkazilib, emlaşga qarşi körsatma bölmagandan keyin ZF-UZ-VAC 202108110 vaktsinasi bilan emlangan.
Şu kuni soat 21:17 larda Yo.Salayeva umumiy holsizlik va qöl-oyoq tortişişi, nafas qisişi şikoyati bilan tez tibbiy yordam çaqirgan va Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazining viloyat filialiga olib kelinib, birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan.
“Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan mazkur holat nazoratga olingan, hozirda tegişli mutaxassislar jalb qilingan holda tergov oldi tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.
Natijasi qöşimça ravişda maʼlum qilinadi”, - deyiladi bayonotda.









