Ota öğlini temir bölagi bilan urib, öldirib qöydi

Ota öğlini temir bölagi bilan urib, öldirib qöydi

Qaşqadaryoda spirtli içimlik taʼsirida bölgan ota özaro janjal oqibatida farzandini temir bölagi bilan urib, öldirib qöydi, deb xabar beradi IIB axborot xizmati.

Maʼlum qilinişiça, 25 avgustga ötar keçasi soat 00:00 larda viloyatning Çiroqçi tumani «Tarağay» MFYda yaşovçi A.B. spirtli içimlik isteʼmol qilib, yaşaş uyiga kelgan. Ota şu vaqtda uyda mast holda bölgan öğli bilan özaro oğzaki tortişib, janjallaşib qolgan. Janjal natijasida ota öğlini temir bölagi bilan bir neça marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Oğir tan jarohatlari olgan öğil 25 avgust kuni soat 03:00 da yaşaş uyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, u Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

×