Özbekiston U-17 terma jamoasining JÇdagi raqiblari maʼlum böldi

Özbekiston U-17 terma jamoasining JÇdagi raqiblari maʼlum böldi

Keça, 25 may kuni 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Jahon çempionatiga qurʼa taşlaş marosimi bölib ötdi. Unda Özbekiston şarafini himoya qiluvçi ösmirlar terma jamoasi guruh bosqiçidagi raqiblarini bilib oldi.

Qurʼa natijalariga köra, Özbekiston U-17 “J” guruhidan örin oldi:

  • Paragvay
  • Özbekiston
  • Panama
  • Irlandiya.

Şu tariqa Özbekiston ösmirlar terma jamoasi mundialdagi iştirokini joriy yilning 5 noyabr kuni Paragvayga qarşi uçraşuv bilan boşlaydi. Keyingi bahs esa 8 noyabr kuni Irlandiya U-17 ga qarşi bölib ötadi. Guruhdagi sönggi uçraşuvni Özbekiston vakillari 11 noyabr kuni panamalik tengqurlariga qarşi ötkazadi.



Maʼlumot uçun, FIFA U-17 Jahon çempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Özbekiston ösmirlar terma jamoasi iyun oyida Janubiy Amerikada öquv-maşğulot yiğini ötkazadi. Islom Ismoilov boşqaruvidagi jamoa yiğin doirasida Çili (10, 13 iyun) va Boliviya (17, 19 iyun) ösmirlar terma jamoalariga qarşi örtoqlik uçraşuvlarida maydonga tuşadi.

×