Namangandagi Norin daryosida çökib ketgani taxmin qilinayotgan 8-sinf öquvçisining jasadi qidirilmoqda

Namangandagi Norin daryosida çökib ketgani taxmin qilinayotgan 8-sinf öquvçisining jasadi qidirilmoqda

Namangan viloyati Uçqörğon tumanida 8-sinf öquvçisi Norin daryosida çökib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi.

Maʼlum qilinişiça, 2021 yilning 5 avgust kuni soat 18:40 larda Uçqörğon tumani «Ördaboğ» mahalla fuqarolar yiğini Mustaqillik köçasi 54-uyda yaşagan, 2008 yilda tuğilgan tuman Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 42-sonli umumtaʼlim maktabining 8-sinf öquvçisi A.R. Uçqörğon tumani «Köprikboşi» mahalla fuqarolar yiğini hududidan oqib ötuvçi Norin daryosiga özini ehtiyotsizligi oqibatida tuşib daryoda çökib ketgani taxmin qilingan.

Şu sababli hozirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi yonğin qutqaruv otryadi suvda qidiruv qutqaruv guruhi tomonidan joyiga çiqqan holda suv osti va tuman favqulodda vaziyatlar bölimi yonğin qutqaruvçilari tomonidan suv ustida qidiruv işlari olib borilmoqda.

×