Hokim mahalla raislariga mukofot vaʼda qildi

Hokim mahalla raislariga mukofot vaʼda qildi

Qaşqadaryo viloyati hokimi v.b Murodjon Azimov «oilaviy ajrimlarga qarşimiz» degan kompaniya boşlanganini eʼlon qildi.

«Yangi yil yakunida ajrimlar sodir etilmagan har bir mahalla raisiga, mahalliy byudjetlardan 5 mln sömdan 10 mln sömgaça mukofot puli berişni yölga qöysak, deputatlarimiz bunga qarşi bölişmasa, ajrimlar kuzatilmagan mahallalar raislarini yurtimizdagi eng yaxşi sanatoriyalarga ham yuboramiz», — deydi Qaşqadaryo viloyat hokimi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bir kilo ozganga 500 ming sömdan pul tölanişini maʼlum qilgani, Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov esa fuqarolarni piyoda yurişga jalb etişni taşkillaştirib bergan mahalla raisi, profilaktika inspektori va ularning atrofidagilarni Dubayga yuborişni vaʼda qilgani xabar qilingandi.

×