Özbekistonning Pokistondagi elçixonasi tomonidan taşkil qilingan safar davomida Namangan şahri hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov boşçiligidagi delegatsiya Pokistonda bir qança muhim kelişuvlarga erişgan. Bu haqda şahar hokimligi matbuot xizmati Kun.uz’ga maʼlum qildi.
Jumladan, Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Pokistonning Milliy yengil sanoat universiteti örtasida memorandum imzolandi. Bitimga muvofiq, Namangan şahrida tekstil mahsulotlarini sertifikatlaş laboratoriyasi taşkil etiladi. Ikki OTM örtasida qöşma öquv dasturlari işlab çiqiladi, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot işlari olib boriladi. Yil oxiriga qadar Namanganga universitet professor-öqituvçilari va mutaxassislari delegatsiyasi kelişi közda tutilmoqda.

«Travel Inn Hotel» kompaniyasi tomonidan Namanganda 100 örinli mehmonxona quriş taklifi bildirildi. Buning uçun kompaniya rahbariyati Özbekistonga kelib, mavjud şart-şaroitlarni örganadi.
«Marhaba Laboratories LTD» kompaniyasi Özbekistonda tabiiy ösimliklardan işlab çiqarilgan dori vositalarini Pokistonga eksport qiliş masalasiga qiziqiş bildirdi. Kompaniya Namanganda şu yönalişda öz işlab çiqarişini ham yölga qöyişni rejalaştirmoqda.

Uçraşuvlar davomida mezbonlarga Namangan şahrining salohiyati, turizm va tekstil sohasidagi imkoniyatlari taniştirildi. «Istiqlol tekstil dizayn» («Ideal» brendi) , «Samira Amir tekstil» hamda «Gabon tekstil» MÇJ tomonidan işlab çiqarilayotgan tekstil mahsulotlari, tayyor kiyim-keçaklar namunalari tarğib qilindi.

Safar davomida Namangan şahri hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov Panjob viloyati gubernatori Muhammad Sarvar va Lahor şahri hokimi Muhammad Asif bilan muzokaralar olib bordi.
Pokistonning Neo TV telekompaniyasi «Aap Ki Avaz» tok-şousining Namangan viloyatiga bağişlangan maxsus sonini efirga uzatdi. Uning auditoriyasi 50 milliondan ortiq kişini taşkil etgani aytilmoqda.Eng sönggi xabarlardan birinçi bölib xabardor böling. Kun.uz'ni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating









