Qirğiziston va Tojikiston çegaradagi nizo vaqtida u yerga joylaştirilgan qöşimça kuçlarni ortga qaytarişni yakunladi. Bu haqda Qirğiziston tomoni maʼlum qildi.
«Tomonlar çegara çiziğidagi qöşimça kuçlar va vositalarni öz hududlari içkarisiga qaytarişni yakunlaşdi. Qirğiziston va Tojikiston mudofaa vazirliklarining zobitlaridan iborat qöşma komissiya qöşimça kuçlar va vositalar joylaştirilgan hududlarni közdan keçirişni davom ettirmoqda», deyilgan xabarda.
3 may holatiga köra, ikki davlat çegarasidagi vaziyat barqaror qolmoqda. Ötgan tun davomida ikki tomon örtasida otişmalar va köngilsiz hodisalar yuz bermagan.
«Çegara bölinmalari kuçaytirilgan tartibda xizmatni davom ettirmoqda, qirğiz-tojik davlat çegarasining butun liniyasi nazorat qilinmoqda», deb maʼlum qilgan Qirğiziston tomoni.
Oxirgi maʼlumotlarga köra, ikki davlat çegarasida yuz bergan 4 kunlik töqnaşuvlar davomida Qirğizistonning 34 fuqarosi halok bölgan, 178 fuqarosi jarohat olgan. Qirğiziston içki işlar vazirligining maʼlum qilişiça, barça halok bölganlar öqotar quroldan öldirilgan.
Şuningdek, ixtilof davomida Qirğizistonning Botken va Laylak tumanlaridagi 100dan köproq obʼektga, jumladan, 78ta uyga, 10ta AYOQŞga, 2ta maktabga zarar yetgan.
Norasmiy maʼlumotlarga köra, Tojikiston tomonidan ixtilof vaqtida 10 nafargaça fuqaro halok bölgan, 90dan köproği jarohat olgan.









