Ronaldu “Neftçi” ustidan qozonilgan ğalaba haqida fikr bildirdi

Ronaldu “Neftçi” ustidan qozonilgan ğalaba haqida fikr bildirdi

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu Elit Osiyo Çempionlar ligasi doirasidagi “Neftçi” ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi ğalabani muhim deb aytdi. Bu haqda futbolçi Instagram sahifasida yozib qoldirdi.

“Bugun keçqurun muhim ğalaba. Biz rivojlanişda davom etamiz”, deb yozdi Ronaldu.

Uçraşuvda portugaliyalik futbolçi öyinning 42-daqiqada gol urdi. Bu uning professional faoliyatidagi 981-goli böldi. Bahsda hisobni 33-daqiqada Anjelo Gabriel oçdi. Ikkinçi bölim boşida, 51-daqiqada, Alişer Odilovning kiritgan goli “Neftçi”ga oradagi farqni bitta golga qisqartirişni taʼminladi. Biroq 65-daqiqada Ikrom Aliboyev töğridan töğri qizil kartoçka olib, maydonni tark etdi. Şundan söng 78-daqiqada Anvarjon Ğofurovning öz darvozasiga kiritgan töpi “Al-Nasr”ning 3:1 hisobidagi ğalabasini taʼminladi.


Uşbu ğalabadan söng “Al-Nasr” musobaqadagi dastlabki uç oçkosini qölga kiritib, Ğarbiy mintaqaning turnir jadvalida sakkizinçi öringa kötarildi.

Ronaldu jamoasi Osiyo Çempionlar ligasidagi keyingi uçraşuvini joriy yilning 26 oktyabr kuni öz maydonida Birlaşgan Arab Amirliklarining “Al-Vasl” klubiga qarşi ötkazadi. Farğonaliklar esa şu kuni öz maydonida Saudiyaning yana bir jamoasi “Al-Ittihad”ni qabul qiladi.


Teglar:
×