Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston hududiga Turkmanistondan çigirtkalar yopirilib kirib kelgani haqida turli xabarlar tarqamoqda.
? Ayni karantin va ob-havoning injiqliklari sabab qişloq xöjaligiga taʼsir ötkazişi aytilmoqda. Ana şunday şaroitda zararli haşarotlar ekinzorlarga jiddiy zarar yetkazişi mumkin.
? Bugungi kunda respublika böyiça zararli çigirtkalarni 122,2 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 112 ming gektar maydonda kimyoviy işlovlar ötkazildi. Jumladan, Qaşqadaryo viloyatida 38,1 ming gektarda, Surxondaryoda 31 ming gektar, Jizzaxda 23 ming gektar, Samarqandda 7,7 ming gektar, Toşkentda 6,1 ming gektar, Navoiyda 5,1 ming gektar, Farğonada 754 gektar, Sirdaryoda 177 gektar, Buxoroda 66 gektar va Andijon viloyatida 40 gektar maydonda kimyoviy işlovlar ötkazildi.
Zararli çigitkalarga qarşi kimyoviy işlovlarni ötkazişga zarur texnikalar bilan taʼminlangan. Mahalliy byudjetdan ajratilgan mablağlar hisobidan bugungi kungaça zararli çigirtkalarga qarşi 320,6 ming gektar maydonda işlovlarni ötkazişni taʼminlaydigan kimyoviy vositalar va 211 ming gektarni taʼminlaydigan yoqilği-moylaş mahsulotlari zahirasi yaratilgan.
⏳ Qoraqalpoğiston respublikasida va Xorazm viloyatida zararli çigirtkalarga qarşi işlovlar may oyining ikkinçi ön kunligidan boşlanişi kutilmoqda.









