“Biz hammasini bilamiz”. AQŞ Eronning Rossiya bilan aloqalariga fikr bildirdi

“Biz hammasini bilamiz”. AQŞ Eronning Rossiya bilan aloqalariga fikr bildirdi

AQŞ Mudofaa vaziri Pit Hegset Rossiya Eronga AQŞ qöşinlarining joylaşuvi va harakatlari haqida razvedka maʼlumotlari bermoqda, degan xabarlar yuzasidan izoh berdi. Bu haqda u CBS telekanalidagi “60 Minutes” dasturiga bergan intervyusida söz oçdi.

AQŞ Mudofaa vaziriga köra, Vaşington bu maʼlumotlarni tasdiqlamaydi, biroq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va zarur çoralarni körmoqda.

Hegset bu kabi xabarlarni rasman tasdiqlaşdan boş tortgan, ammo AQŞ harbiylari vaziyat haqida töliq maʼlumotga ega ekanini taʼkidlagan.

Uning sözlariga köra, AQŞ qömondonlari barça jarayonlardan xabardor.

“Biz hammasini kuzatyapmiz. Bizning qömondonlarimiz nima bölayotganini yaxşi biladi”, degan u.

Hegset şuningdek, AQŞ dunyodagi eng rivojlangan razvedka tizimlaridan biriga ega ekanini va har qanday tahdidga tezkor javob qaytariş imkoniyati borligini aytgan.

“Bizning razvedkamiz dunyoda eng kuçlilaridan biri. Biz kim kim bilan gaplaşayotganini ham bilamiz”, deya qöşimça qilgan u.


×