AQŞ Özbekiston taʼlim tizimiga yangilik olib kirmoqda

AQŞ Özbekiston taʼlim tizimiga yangilik olib kirmoqda

Özbekiston va AQŞ örtasida taʼlim tizimidagi hamkorlik doirasida amerikalik beş nafar mutaxassis yurtimizga keldi. Ular Xalq taʼlimi vazirligidagi hamkasblari bilan hamkorlikda boşlanğiç sinf öquvçilarining matematika va öqiş böyiça könikmalarini baholaş metodikasini işlab çiqadi.

AQŞ elçixonasi matbuot xizmati xabariga köra, ikki mamlakat mutaxassislari hamkorlikda matematika va öqiş böyiça sakkiz tilda (özbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, qirğiz, turkman va ingliz) savolnomalar tuzadi. Ular asosida mamlakatimiz böylab öquvçilar umumiy bilimlarni qay darajada özlaştirayotgani tadqiq etiladi. Şu tariqa öquv jarayonidagi kamçiliklar va zaif nuqtalar aniqlanib, taʼlim strategiyasi takomillaştiriladi.

«Bu Özbekistonda olib borilayotgan birinçi xalqaro tadqiqot bölib, u boşlanğiç sinflarda öqiş natijalarini aniq baholaşga imkon beradi. Bu esa vazirlikka taʼlim tizimini takomillaştiriş yölida yangi metodologiya işlab çiqişda kömaklaşadi», – deydi Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov.

Xorijlik mutaxassislar vazirlik va uning viloyat boşqarmalaridagi qirq nafar xodimi uçun sakkiz kunlik seminar ötkazmoqda. Amaliy maşğulotlarda öquvçilarning bilim va könikmalarini baholaş asosi sifatida EGRA (öqiş) va EGMA (matematika) metodikasidan foydalaniladi. Uşbu baholaş tizimi dunyoning 70 dan ortiq mamlakatida sinovdan ötgan.

Baholaş va tadqiqot jarayoniga «RTI International» taşkiloti ham jalb etilgan. Mazkur taşkilot Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda EGRA va EGMA tizimlarini sinovdan ötkazadi. Mamlakat miqyosidagi tadqiqotlar 2020 yilda taşkil etilişi közda tutilgan.  

Yurtimiz taʼlim tizimiga xalqaro baholaş usullari AQŞning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) kömagida joriy etilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, joriy yil 28 sentyabr kuni Özbekiston va AQŞ örtasida taʼlim taraqqiyotiga kömaklaşiş böyiça muhim kelişuv imzolangandi.

Mazkur hujjatga köra, Qöşma Ştatlar hukumati kelgusi beş yil davomida mamlakatimiz taʼlim tizimini qöllab-quvvatlaş uçun 50 million dollar mablağ ajratadi.

Taʼlim sohasidagi islohotlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida ajratilayotgan mablağ boşlanğiç sinflarda öqiş va matematika saboqlarini yanada takomillaştiriş, axborot texnologiyalaridan keng foydalaniş hamda ingliz tilini öqitiş samaradorligi va sifatini oşirişga yönaltiriladi.

Xalqaro baholaş tizimini joriy etiş loyihasi ana şu beş yillik kelişuvning dastlabki bosqiçi sanaladi.

×