Joriy yil 15 noyabr kuni Namangan viloyati IIB PPX va JTSB PPXBdan 96 nafar va Milliy Gvardiya harbiy qismidan 37 nafar xodimlar xizmatga jalb etildi. Deya xabar bermoqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati
Namangan şahrining köça va jamoat joylarida 1-bosqiçda 11 ta avtopatrul, 12 ta piyoda patrul, 2-bosqiçda 14 ta avtopatrul, 14 ta piyoda patrul xizmati taşkil etilib, jamoat tartibini saqlaş, aholi xavfsizligini taʼminlaş borasida samarali işlar olib borildi.

Jumladan, naryadlar tomonidan 1 sutka davomida jami 182 nafar huquqbuzarlik yaʼni 9 ta mayda bezorilik, 75 ta jamoat joyida spirtli içimlik içiş, 4 ta tozalik qoidasini buziş, 7 ta pasport-viza qoidasini buziş, 7 ta karantin qoidasini buziş va 80 ta boşqa turdagi xuqubuzarliklar aniqlanib, qonuniy çora köriş uçun bildirgi orqali hududiy profilaktika inspektorlariga topşirildi.
Şuningdek, Namangan şahar xududida yaşab, hozirda tergov idoralaridan yaşirinib yurgan, 10 nafar qidiruvdagi şaxs (jinoyatçi)larni yaşaş xonadonlari profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda tekşirilib, oila aʼzolari bilan tuşuntiriş işlari olib borildi.









