Navoiy IESda nosozlik röy berdi. Bu butun respublikada elektr taʼminotiga taʼsir qilmoqda

Navoiy IESda nosozlik röy berdi. Bu butun respublikada elektr taʼminotiga taʼsir qilmoqda

Energetika vazirligi Navoiy IESda röy bergan nosozlik tufayli respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida qisqa muddatli uzilişlar kuzatilişi mumkinligidan ogohlantirdi. Vazirlik matbuot xizmati bugungi kunda elektr energiyasi isteʼmoli ötgan yilgidan 23 foizga köpligi, suv omborlaridagi suv hajmi esa 37 foizga kamligiga eʼtibor qaratgan.

Bugun, 7 iyul kuni soat 05:48da Navoiy issiqlik elektr stantsiyasining buğ-gaz qurilmalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovçi 2-tarmoq gaz quvurida gaz sizib çiqiş holati yuz berdi.

Qayd etilişiça, ayni paytda yuzaga kelgan uşbu nosozlik bartaraf etilmoqda, nosozlikni bartaraf etiş işlarini xavfsiz bajariş uçun «Navoiy-4» gaz taqsimlaş stantsiyasi orqali gaz taʼminoti töxtatilmoqda. Mazkur işlarni töliq yakunlaş jarayonida Navoiy issiqlik elektr stantsiyasining 1-son buğ-gaz qurilmasi vaqtinçalik töxtatib turiladi.

Şu sababli respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida qisqa muddatli uzilişlar kuzatilişi mumkin.

«Iyul oyining birinçi yarmida mamlakatimiz hududida havo haroratining keskin kötarilişi va 6-8 iyul kunlari respublikaning sutkalik elektr energiyasi isteʼmoli 223 million kilovatt soatgaça yetişi kutilmoqda. Uşbu körsatkiç ötgan mavsumning mos davriga nisbatan 23 foizga köpdir.

Respublika suv omborlariga suv keliş hajmi ötgan yilning mos davriga nisbatan 37 foizga kam yoki köp yillik örtaça suv kelişining 48 foizini taşkil etmoqda. Bu holat gidroelektr stantsiyalarning işlab çiqariş körsatkiçlarining pasayişiga olib kelmoqda.

Şunga qaramasdan, mamlakatimizda elektr stantsiyalar orqali rejada körsatilgan hajmlarda elektr energiyasi işlab çiqariş çoralari körilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uçun isteʼmolçilardan uzr söraymiz», deyiladi xabarda.

×