Xalq şoiri Abdulla Oripov: Islom Karimovning “Yangi uyni qurmasdan eskisini buzma”, degan ögitiga hozir butun dunyo amal qilmoqda

Xalq şoiri Abdulla Oripov: Islom Karimovning “Yangi uyni qurmasdan eskisini buzma”, degan ögitiga hozir butun dunyo amal qilmoqda

Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bağişlab taşkil etilgan "birinchi-prezident.uz" saytida Özbekiston Qahramoni, Xalq şoiri Abdulla Oripovning Islom Karimov haqida aytgan iliq fikrlari çop etildi. Quyida Xalq şoirining bildirgan fikrini töliq havola etamiz. 

Şarq xalqlari qadim zamonlardan dono yölboşçini orzu qilib kelganlar. Bu orzu har doim ham uşalavermagan. Davrlar ötgaç, Islom Karimov sohibqiron Amir Temurning maʼnaviy vorisi sifatida tarix maydoniga çiqdi. Özbekistonni rasman yagona davlat sifatida birlaştirdi.

Amir Temur buyuk saltanat tuzib, jahonning deyarli yarmini özining tuzuklari asosida yöriğiga yurgizgan bölsa, keyinçalik tarixning qora kunlarida bir neça bölakka bölinib ketgan Vatanimizni Islom Karimov mujassam etdi, xalqimizning ğurur va iftixori, maʼnaviy kamoloti bilan doimiy şuğullandi. Xalqning qaddini ham, qadrini ham kötardi. Ozod Özbekistonning Asosiy Qonuni – Konstitutsiyamizning asosiy muallifi böldi.

Bizning mafkuramiz milliy mafkura. Biroq, milliy mafkura keng tuşunça, u har qanday davrga ham töğri kelişi mumkin. Islom Karimov rahbarligida işlab çiqilgan milliy mafkuramiz esa, aynan bizning davrimizga xos bölgani uçun Milliy Istiqlol mafkurasi, deb ataldi.

Uning teran tafakkur bilan aytilgan “Yangi uyni qurmasdan eskisini buzma”, degan ögitiga hozir butun dunyo amal qilmoqda. U zot, “Tarixiy xotirasiz kelajak yöq”, dedi. Bizga uluğ bobolarimiz, xalkimiz kadriyatlariga suyanib yaşaşdan saboq berdi.

Birinçi Prezidentimizda başoratgöylik — mantiqiy ravişda kelajakni köra biliş qobiliyati bor edi. Bu mistika emas — ilmiy iqtidor. U kişi, bir iş qilsang, vaziyatdan qanday çiqiş yölini ham öylab qöygin, derdilar.

Darxaqiqat, bu zot xalqqa va davlatga, millatga xizmat qilişning betimsol namunasini namoyon etdi. Xalqni va mamlakatni oğir asoratlardan olib çiqdi. Eʼtirof etilganidek, Islom Abduğaniyeviç har doim “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”, der edilar. Uluğ Yölboşçimiz özidan şunday ozod va obod Vatan qoldirdi.

Abdulla Oripov
Özbekiston Qahramoni, Xalq şoiri

×