Joriy yilning ikkinçi çoragida Özbekistonda köçmas mulk narxlari ötgan çorakka nisbatan 5,72 foizga oşdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Markaziy banki Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uşbu körsatkiç viloyatlar kesimida quyidagiça:

Quyidagi omillar köçmas mulk narxlarining ösişiga taʼsir körsatgan:
• pandemiya va karantin davrida majburiy çeklovlar rejalaştirilgan xaridlar keyinga qoldirilişiga olib keldi, bu iqtisodiyotdagi isteʼmol talabining pasayişiga va jamğarmalarning köpayişiga olib kelişi mumkin;
• valyuta kursining nisbiy barqarorlaşuvi tufayli köçmas mulk bozori muqobil daromad manbai sifatida, yetarli jamğarmaga ega bölgan tadbirkorlar va aholining bir qismi uçun yuqori rentabelli investitsiyaga aylandi;
• poytaxtda uy-joy olişdagi maʼmuriy tösiqlarning bartaraf etilişi ortidan köçmas mulk bozorining talab darajasida faollaşişi ham narxlarning kötarilişiga taʼsir körsatdi.
Maʼlumotlarga köra, ötgan 12 oy davomida köçmas mulk bozorlarida narxlar barqarorligini saqlab qolingan va örtaça narxlar ösişi joriy yilning mart oyiga kelib 7,3 foiz (ötgan yilning şu davriga nisbatan +4,4 foiz va joriy yilning birinçi çoragiga nisbatan +5,6 foiz) taşkil etgan.









