2020 yil 1 avgust soat 10.00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 24304 (+295) nafarni taşkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallaniş holatlarining 191 nafari Toşkent şahrida, 53 nafari Toşkent viloyatida, 18 nafari Qaşqadaryo viloyatida, 16 nafari Sirdaryo viloyatida, 13 nafari Farğona viloyatida hamda 4 nafar Navoiy viloyatida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 14464 nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar (59 foiz) soğaygan.
Hozirda mamlakatimizda 9697 nafar bemorga şifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda. Ulardan 594 nafari oğir, 197 nafari esa öta oğir ahvolda.









