Telegram messenjerida maktab öquvçilarining onalari bir birlariga Toşkentda bir erkak voyaga yetmagan qizlarga qiziqiş bildirayotganligi haqidagi xabarni ulaşişmoqda, deb xabar beradi Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati.
Maʼlum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 322-moddasiga (“Jinoyat işini qözğatiş sabablari va asoslari”) muvofiq, IIBB boşliği uşbu audioxabarlarni ariza sifatida körib çiqiş topşiriğini bergan.
Hozirgi vaqtda dastlabki tergov tekşiruvlari olib borilmoqda, uşbu xabarlarni tarqatuvçi Telegram kanalidagi guruh iştirokçilari söroq qilinmoqdalar.
Tezkor çora körilişi uçun barça fuqarolardan huquqbuzarliklar haqidagi töğri maʼlumotlarni 102 raqamiga, yaqin atrofdagi içki işlar bölimiga yoki hududiy profilaktika inspektoriga, maktab direktoriga xabar qiliş söralgan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda, messenjerlarda va guruhlarda şov-şuv kötarib, vahima qilişning keragi yöq”, - deyiladi IIBB xabarida.









