Afsus! Namangandagi yonğinda uy egasining öğli ham yonib ketgan

Afsus! Namangandagi yonğinda uy egasining öğli ham yonib ketgan

2021 yil 23 iyun kuni soat 17:10da Namangan viloyati Töraqörğon tumani “Sohilobod” MFY, Niyazboyev köçasida joylaşgan uylarning birida yonğin sodir bölayotganligi töğrisida viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga xabar kelib tuşgan.

Voqea joyiga boşqarmaning 2 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 17:36da yetib borgan. Yonğin soat 17:38da örab olingan va soat 17:54da töliq bartaraf etilgan. Hodisa natijasida uyning 30 kv.m. maydonida şift, tom va uy-jihozlari yonib zararlangan. Şuningdek, yonğin oqibatida uy egasining öğli halok bölgan.

Birlamçi maʼlumotga köra yonğin kelib çiqişiga maişiy propan gaz ballonidan foydalaniş qoidalarini buzilişi sabab bölgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda.

×