Namangan viloyati Çust tumanida 15 sentyabr kuni uy yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Maʼlum bölişiça, Çust tumani Bibiona mahallasida joylaşgan xonadonlarning birida 15 sentyabr kuni soat 10:52 da yonğin sodir bölayotgani töğrisida tuman favqulodda vaziyatlar bölimiga xabar kelib tuşgan.
Qayd etilişiça, 3 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 11:04 da voqea joyiga yetib borib, soat 11:07 da yonğinni örab olgan va soat 11:55 da holat bartaraf etilgan. Yonğindan xonadonning taxminan 170 kvadrat/metr maydonda tom, şift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.
Taʼkidlanişiça, hodisa oqibatida halok bölgan va jabrlanganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.









