Mijozini 20 marta piçoqlab, jasadini kanalga taşlagan bank xodimiga hukm öqildi

Mijozini 20 marta piçoqlab, jasadini kanalga taşlagan bank xodimiga hukm öqildi

Farğonada bank xodimi tamagirlik maqsadida 28 yoşli mijozini öldirib, uning jasadini Katta Farğona kanaliga taşlab yubordi. Bu haqda Farğona viloyati sudlari matbuot kotibi Alibek Meliboyev maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, voqea Qöqon şahridagi banklardan birida işlagan xodim tomonidan sodir etilgan. U avtokredit rasmiylaştiriş uçun bankka kelgan mijozning yonida avtomobil xaridi uçun 5 700 AQŞ dollari borligini bilgan.

Şundan keyin bank xodimi mijoz bilan yaqinroq aloqa örnatgan. U turli bahonalar bilan yigitni bank binosidan taşqariga çiqişga köndirib, Tracker avtomaşinasiga ötqazgan va uni şahardan çetroq hududga olib ketgan. Yöl davomida bank xodimi mijoz bilan mojaro çiqargan hamda maşinani odamlar kam yuradigan dala yöliga haydagan. U ovloq joyga yetgaç, mijoznini avtomobildan tuşirişga uringan.



Jabrlanuvçi xodimga qarşilik qilganidan söng u avtomaşinasida olib yurgan oşxona piçoğini işlatgan va yigitning böyni hamda badanining turli joylariga 20 martadan köproq zarba berib, uni öldirgan.

Jinoyatdan keyin esa bank xodimi jasadni maşinasiga joylab, iş joyiga qaytgan. U iş vaqti yakunlanguniga qadar odatdagidek işini davom ettirgan. Keçqurun esa jinoyatni yaşiriş maqsadida marhumning jasadini Katta Farğona kanaliga olib borib, suvga taşlagan.

Bildirilişiça, jasad olti kun davom etgan qidiruvlardan söng kanaldan topilgan.

Jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Qöqon şahar sudida körib çiqilgan. Maʼlum qilinişiça, sud hukmi bilan sudlanuvçi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) ikkinçi qismi “j” va “i” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda aybli deb topilgan hamda unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan.

Şuningdek, ayblanuvçiga nisbatan 5 700 AQŞ dollari miqdorida moddiy hamda 200 mln miqdorida maʼnaviy zararni undiriş tayinlangan. Mahkum jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaşi belgilangan.


Teglar:
×