Farğona şahar «Xöjamağiz» mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi Ğanijon Odilov xonadonida birdaniga tört egizak: 3 öğil va bir qiz dunyoga keldi, deb xabar bermoqda ÖzA.
Hozirda çaqaloqlar va onaning salomatligi yaxşi. Şunday bölsa-da, şifokorlar ularni doimiy nazoratga olişgan.
– 2016 va 2018 yilda ham farzandli bölgandik, – deydi Munavvarxon Odilova. – Katta farzandlarimiz qiz edi. Endi uç öğil va uç qizli böldik, Ollohga şukur, juda baxtlimiz. Şifokorlargayam öz minnatdorçiligimizni bildiramiz.
Ota-ona çaqaloqlarga Tölqinboy, Abdukarim, Abduhakim va Zilola deb ism berişgan.
Şahar FHDYO organi xodimlari tuğruqxonaga taşrif buyurişib, qöş egizaklar uçun tuğilganlik töğrisidagi guvohnomalarni tantanali tarzda topşirişgan.









