Yangi yilning ilk kunida qança çaqaloq dunyoga keldi

Yangi yilning ilk kunida qança çaqaloq dunyoga keldi

2023 yilning birinçi kunida Özbekistonda 2155 çaqaloq dunyoga keldi. Ularning 1056 nafari qiz, 1099 nafari öğil bolalardir. Eng köp gödak Farğona viloyatida (252 nafar) tuğildi.


Yangi yilning birinçi sutkasida Özbekistonda 2155 nafar çaqaloq dunyoga keldi, deya xabar qilmoqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati.

2023 yil 1 yanvar kuni dunyoga kelgan gödaklarning 1056 nafari qiz 1099 nafari öğil bolalardir. Eng köp çaqaloq Farğona viloyatida (252 nafar) tuğildi. Şuningdek, keyingi örinlarda:

  • Qaşqadaryo viloyati — 230;
  • Namangan viloyati — 219;
  • Surxondaryo viloyati — 213;
  • Samarqand viloyati — 213;
  • Andijon viloyati — 187;
  • Toşkent viloyati — 170;
  • Toşkent şahri — 154;
  • Buxoro viloyati — 126;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi — 105;
  • Jizzax viloyati — 102;
  • Xorazm viloyati — 76;
  • Navoiy viloyati — 69;
  • Sirdaryo viloyati — 39 nafar.

Dunyoga kelgan uşbu bolalardan 20 nafarini ikki homilali egizaklar (jami 40 nafar çaqaloq) taşkil qildi.


2018 yil xuddi şu kuni 1961 nafar, 2019 yilda 1708 nafar, 2020 yilda 1974 nafar, 2021 yilda 1644 nafar, 2022 yilda esa 2316 nafar çaqaloq tuğilgan edi.

×