Hindistonda “suv parisi” körinişidagi çaqaloq dunyoga keldi

Hindistonda “suv parisi” körinişidagi çaqaloq dunyoga keldi

Gödak dunyoga kelgandan keyin bir soat ötgaç vafot etgan. Şifokorlar uning jinsini aniqlaşga ulgurişmagan.

Hindistonda oyoqlari çatişib ketgan - “suv parisi” körinişidagi çaqaloq dunyoga keldi.  

The Times of India naşrining yozişiça, Uttar-Pradeş ştatining Lakximpur-Kxeri okrugida istiqomat qiluvçi 22 yoşli ayol sirenomeliya yoki suv parisi sindromi deb ataluvçi xastalikka çalingan çaqaloqni dunyoga keltirgan.

​Gödak dunyoga kelgandan keyin bir soat ötgaç vafot etgan. Şifokorlar uning jinsini aniqlaşga ulgurişmagan.

Suv parisi sindromi yuz mingta holatdan bittasida uçraydi va odatda buyrak hamda siydik pufagi töğri rivojlanmaganligi tufayli çaqaloqlar odatda bir sutka içida vafot etadi.

Ötgan yili ham Hindistonda şunga öxşaş holat kuzatilgan edi. Öşanda suv parisi sindromi bilan tuğilgan çaqaloq 15 daqiqa yoruğ dunyo yuzini körişga muşarraf bölgan edi.

×