Prokuror va yoşlar uçraşuvi izçil davom etmokda

Prokuror va yoşlar uçraşuvi izçil davom etmokda

Bugungi kunda, Davlatobod tuman böyiça jami 36.803 nafar, şundan 2-sektorda 3.601 nafar yoşlar istiqomat qiladi.
Şundan, xatlovda 110 nafar yoşlarimiz rasmiy iş bilan bandligi, 2492 nafari norasmiy iş bilan band ekanligi, muqim iş joyiga ega bölmagan işsizlari 876 nafarni taşkil etgan.

Viloyat prokuraturasi taşabbusi bilan yoşlarni iş bilan band qiliş va ularni tumandagi böş iş örinlari bilan taniştiriş uçun 2021 yil 30 yanvar kuni Davlatobod tuman 2-sektoridagi iş bilan band bölmagan yoşlarga muhtaram Prezidentimizni yoşlar uçun yaratib berayotgan imkoniyatlarini tuşuntiriş va ularni bandligini taʼminlaş maqsadida “Prokuror va yoşlar uçraşuvi” hamda “Mehnat yarmarkasi” taşkil etildi.

Viloyat Madaniyat markazi binosining anjumanlar zalida taşkil etilgan “Prokuror va yoşlar uçraşuvi”da 2-sektor hududidagi 6 ta MFYlardagi 350 nafardan ortiq iş bilan band bölmagan yoşlar iştirok etişib, ularga yiğilişga taklif qilingan Tijorat banki, Aholi Bandligiga kömaklaşiş Markazi va Davlat soliq inspektsiyasining malakali mutaxassislari tomonidan yoşlarni iş bilan band qiliş va yoş tadbirkorlikni taşkil etişdagi yaratilgan imkoniyatlar haqida tuşunçalar berildi.

Yiğilişda iştirok etgan 11 nafar yoşlarning murojaatlari tinglanib, tegişli taşkilot vakillari tomonidan şu joyning özida hal etilişi taʼminlandi.

Tadbir davomida 1+1 dasturi böyiça malaka kasb-xunar örganiş kurslarini bitirgan 10 nafar yoşlarga maxsus sertifikat va subsidiya asosida ajratilgan “Tikuv maşina”lari tantanali ravişda topşirildi.

Şuningdek, tadbirning ikkinçi qismida belgilangan “Mehnat yarmarkasi”da şahar va tuman hududida joylaşgan 21 ta korxona va taşkilotlar özlarini 1035 ta böş iş örinlari bilan qatnaşdilar.

“Mehnat yarmarkasi” davomida 33 nafar yoşlarga işga joylaşiş uçun yöllanmalar berildi.
Yarmarkada qatnaşgan barça yoşlarga vaqtinçalik haq tölanadigan jamoat işlariga, mehnat inspektori yordamçisi vazifasiga işga kirişlari, taşkil etilgan kasb-hunar va monomarkazlarda öqişga hamda boşqa mavjud imkoniyatlar böyiça tavsiyalar berildi.

Şuningdek, çet el davlatlarida işlaş istagini bildirgan 36 nafar yoşlarga qanday tartibda çet davlatlariga işlaş uçun boriş tartiblari haqida tuşunçalar berildi.

Yoşlarni işga bölgan qiziqişlarini oşiriş maqsadida yarmarkada “Master klass” taşkil etilgan bölib, bunda işlab çiqaruvçi korxona tikuvçi yoşlari tomonidan tikiş va biçiş işlarini joyida körsatib, 1+1 dasturini afzalliklari haqida tuşunçalar berildi.

Şuningdek, yoşlarga prokuror taşabbusi bilan taşkil etilgan 6 ta “Work out” sport maydonçalari afzalliklari haqida maʼlum qilinib, tadbir davomida yoşlarga “Töquvçi” va “Orzu” MFYlarda taşkil etilgan “Work out” sport maydonçalari bilan taniştirilib, böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş uçun sport yönalişlari bilan şuğullanişlari haqida tuşunçalar berildi.

×