Jasur Umirovning qamoqdan çiqişi böyiça rasmiy maʼlumot berildi

Jasur Umirovning qamoqdan çiqişi böyiça rasmiy maʼlumot berildi

Avvalroq, voyaga yetmagan qizni zörlaşda ayblanib, keyinroq yolğon körsatma qurboni bölgan xonanda Jasur Umirov ozodlikka çiqarilgani haqida xabar bergan edik.

Içki işlar vazirligi Jazoni ijro etiş departamenti Jasur Umirovning qamoqdan çiqişi böyiça rasmiy maʼlumot berdi. 

Unga köra, joriy yilning 8 iyun kunidagi Özbekiston Respublikasi Oliy sudining kassatsiya instantsiyasining ajrimiga asosan Jasur Umirovga nisbatan çiqarilgan “ozodlikdan mahrum qiliş” jazosi Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllagan holda “ozodlikni çeklaş” jazosiga özgartirilgan.

Bunda jabrlanuvçi va uning qonuniy vakilining Umirovga nisbatan daʼvosi yöqligi inobatga olingan. 9 iyun kuni yuqoridagilarga asoslanib, Jasur Umirov jazoni ijro etiş koloniyasidan ozod qilindgan

Eslatib ötamiz, ötgan yilning oktyabr oyida xonanda Jasur Umirovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi jinoiy iş qözğatilgandi. 2 fevral kuni jinoyat işlari böyiça Kattaqörğon şahar sudida bölib ötgan sud majlisida Jasur Umirov Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Barça voqealardan keyin xonandani tajovuzda ayblagan Şahzoda Möminova QALAMPIR.UZ’ga intervyu berib, hammasi özining roziligi bilan bölgani, Jasur Umirov uni zörlamaganini, xonandaga tuhmat qilganini tan oldi.

Intervyu eʼlon qilinganidan uç haftadan ortiq vaqt ötsa hamki, unga yolğon guvohlik bergani yoki tuhmat uçun çora körilgani yöq. 

Şu örinda savol tuğiladi: nega uşbu holatga içki işlar va prokuratura organlari öz munosabatini bildirib, adolatni tiklaş uçun kerakli çoralarni körmayapti?

×