Özbekistonda radar va kameralar örnatiş joylari savdoga qöyila boşlandi, röyhatda Namangan ham bor

Özbekistonda radar va kameralar örnatiş joylari savdoga qöyila boşlandi, röyhatda Namangan ham bor

Özbekistondagi çorraha va yöllarda radar va kameralar qöyiş joylari auktsion orqali savdoga qöyilişi boşlandi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 apreldagi 232-sonli qarori asosida radar va kameralar örnatiş joylari E-auksion savdo maydonçasi orqali sotilişi belgilangandi. Uşbu qarorga asosan onlayn-auktsionlar Elektron onlayn-auktsionlarni taşkil etiş markazi va Içki işlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan reglament asosida taşkil etiladi.

Obʼekt onlayn-auktsionda ğolib bölgan tadbirkorga mulk huquqi asosida çeklanmagan muddatga, boşqa tadbirkorlarga ötkaziş huquqi bilan biriktiriladi. Lotning joy dislokatsiyasi, hududdagi transport oqimi va oxirgi 2 yilda aniqlangan qoidabuzarliklar töğrisidagi maʼlumotlar oçiq eʼlon qilinadi.

Hozirda:

  • Xorazm viloyati, Boğot tumanida radar va kameralar örnatiş huquqi savdoga çiqarildi. Uşbu lotda 4 ta intellektual videokamera va 2 ta statsionar radar örnatilişi belgilangan;
  • Xorazm viloyati, Xiva şahrida radar va kameralar örnatiş huquqi savdoga çiqarildi. Uşbu lotda 4 ta intellektual videokamera va 1 ta statsionar radar örnatilişi belgilangan;
  • Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida radar va kameralar örnatiş huquqi savdoga çiqarildi. Uşbu lotda 1 ta intellektual videokamera va 1 ta statsionar radar örnatilişi belgilangan.

Yaqin fursatlarda boşqa hududlardan ham bu singari huquqlarning savdoga çiqarilişi közda tutilgan.

×