Farğonada kameralar niqobsiz yurgan neça kişini jarimaga tortdi?

Farğonada kameralar niqobsiz yurgan neça kişini jarimaga tortdi?

Farğona viloyatida 17 oktyabr kuni videofotofiksatsiya vositalari orqali niqob taqiş tartibiga amal qilmagan 156 nafar fuqarolar aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

“17 oktyabr kuni niqobli tartibga amal qilmagan 156 nafar şaxslarning foto-video suratlari olinib, tegişli tartibda xujjatlar rasmiylaştirildi”, – deyilgan xabarda.

Niqobsiz fuqarolarning şaxsi maxsus bazada aniqlanib, IIO va Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştiriladi.

Uşbu bayonnomani esa fuqaroning yaşaş xonadoniga poçta orqali yuboriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq 17 oktyabrdan respublikada birinçi marta Farğonada jamoat joylarida niqobsiz harakatlangan fuqarolarni kameralar orqali aniqlaş amaliyoti yölga qöyilişi xabar qilingan edi.

×