Özbekiston yaşaş uçun eng arzon mamalakatlardan biri deb topildi

Özbekiston yaşaş uçun eng arzon mamalakatlardan biri deb topildi

Özbekistonda bir oilaning oylik yaşaş xarajatlari örtaça 1150 $ga teng deb topildi. Bu dunyoda eng past körsatgiçlardan biri.

Özbekiston dunyoda yaşaş uçun eng arzon mamalakatlardan biri deb topildi. Bu haqida Numbeo portali xabar qilmoqda. 

Aslida uşbu reyting “Yaşaş narxi reytingi” deb ataladi. Uni aniqlaş uçun dunyodagi 136ta mamlakatda inson yaşaşi uçun kerak böladigan asosiy xarajat turlarini aniqlab, ularning örtaça qiymatini hisoblab çiqqan.

Reytingni hisoblaşda yaʼni oziq-ovqat narxi, turar joy ijara tölovlari, ipoteka tölovlari, transport va suğurta tölovlari, restoranlar narxi hamda mahalliy aholining zrtaça maoşi,  sotib oliş imkoniyatlari miqdori hisoblab çiqilgan.

Reyting jadvalida körsatilgan raqamlar bu – ballardir. Ballar Nyu York şahri yaşaş indeksiga nisbatan aniqlangan. Yaʼni Nyu York şahrida yaşaş indeksi – 100 ball, pul qiymatida -4600 $ deb belgilangan. 

Boşqa davlatlarda uşbu indeks u yerda yaşaş Nyu Yorkdan qimmat yoki arzonligini bildiradi. Masalan, Şveytsariya – 122 ball olgan. Demak uşbu mamlakatda bir kişi yoki oila uçun bir oylik yaşaş xarajatlari Nyu Yorkdan  22% qimmat, yaʼni - 5612 $ ni taşkil qiladi.

Özbekiston esa reytingda 25 ball olgan. Demak Özbekistonda yaşaş Nyu Yorkka nisbatan 4 baravar arzon, yaʼni 1150 $.

Numbeoga köra Özbekiston dunyodagi yaşaş uçun eng arzon bölgan mamlakatlar orasida - 6 örinni egallagan. Oldinda faqat Pokiston, Afğoniston, Suriya va Hidiston kabi mamlakatlarni köriş mumkin.

Qöşni Qirğizistonda yaşaş Özbekistondan köra qimmatroq – 28 ball, Qozoğistonda – 30,  Ukraina – 30 ball.

Örtaça indeksli mamlakatlar – Turkiya (35 ball), Indoneziya (36), Rossiya (38), Polşa (39), Xitoy (40), Eron (41), Litva (45), Çexiya (45). Eng qimmat mamlakatlar esa – Norvegiya (104), Yaponiya (85), Gollandiya (83), Singapur (80), Isroil (79)va Janubiy Koreya (75).

×