Özbekiston milliy terma jamoasi hujumçisi Eldor Şomurodov 2023/2024 yilgi mavsumni Italiya A Seriyasi debyutanti “Kalyari“ safida ijarada ötkazadi. Bu haqda insayder Janluka Di Martsio xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, özbekistonlik 29 yoşli hujumçi keça, 24 iyul kuni “Kalyari“ klubida tibbiy körikdan ötgan. Sardiniya oroli jamoasi “börilar“ bilan Şomurodov transferi böyiça kelişuvga erişgan.
Unga köra, “Kalyari“ Rim klubiga Şomurodovning bir yillik ijarasi uçun 1 million yevro tölaydi va 2024 yilning yozida uni 9 million yevroga sotib oliş huquqiga ega böladi. Mazkur şartnoma “1+3“ körinişida imzolanadi. Faoliyatini ijara asosida davom ettirayotgan özbekistonlikning yarim maoşini “Kalyari“ tölasa, qolgan 50 foizini “Roma“ tölab boradi.
Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, Şomurodovning Rim klubidagi yillik maoşi 2 million yevroni taşkil etgan. U 2021 yilda Italiyaning boşqa bir jamoasi “Jenoa“dan 17 million yevro evaziga “Roma“ga transfer qilingan edi.
Maʼlumot uçun, “Kalyari“ klubi italiyalik taniqli mutaxassis Klaudio Raneri jamoaga kelguniga qadar B Seriyada 14-örinda borayotgan edi. 71 yoşli murabbiy Sardiniya oroli jamoasini yarim yil içida peşqadamlar qatoriga kötarib, mavsum yakunida pley-off orqali A Seriyaga olib çiqişga muvaffaq böldi.









