Bugun Özbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nam havo massasi kirib kelişi hisobiga respublika böyiça baʼzi joylarda yomğir yoğadi, toğli huddularda qor yoğadi, faqat Farğona vodiysi viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda Özgidromet.
Qayd etilişiça, baʼzi joylarda şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi mumkin. Havo harorati 13-18° iliq atrofida böladi.
1 mart kuni respublika hududining katta qismida yomğir yoğişi davom etadi, ammo yomğir kuçsiz böladi. Respublikaning şimolida yoğingarçilik töxtaydi.
2 mart kuni nam havo massasi şarqqa tomon siljiydi, faqat Toşkent viloyati va Farğona vodiysi viloyatlarida keçasi va ertalab yomğir yoğişi saqlanib turadi. Uşbu kunda kunduzi havo harorati bulutli böladi va 12-17° iliqdan yuqori bölmaydi.
Haftaning ikkinçi yarmidan Özbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib kelişi kutilmoqda, buning natijasida yoğingarçiliksiz juda iliq ob-havo böladi. Havo harorati kunduz kunlari 18-23° iliqgaça, janubda va çöl hududlarida 25-27° iliqgaça kötariladi, bu uşbu kunlarning iqlimiy meʼyorlaridan 10-12° ga yuqoridir.
Juda iliq havoni şiddatli kirib kelişi 4 mart kuni şamolning 15-20 m/s gaça kuçayişiga sabab bölişi mumkin.









