Maʼlumki, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan yer maydonlaridan samarali va oqilona foydalanişga qaratilgan islohotlar amalga oşirilmoqda. Sönggi yillarda bu borada bir qator qonun xujjatlari qabul qilindi. Ekin maydonlari samaradorligini oşirişda zamonaviy texnologiyalarni qullaşga katta eʼtibor qaratilmoqda. Paxta va ğalla maydonlarini qisqartiriş, ular örnida yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar yetiştirişga muhim vazifa sifatida qaralmoqda. 2019 yilda 48 ming gektar yaroqsiz yer maydonlaridan unumli foydalanildi.
Lekin ekin yerlardan foydalanişda ayrim kamçiliklar va nuqsonlar mavjud. Yerga talab keskin ortib borayotgan davrda har bir qariç yer uzining haqiqiy egasiga topşirilişi lozim. Bu borada bizning tumanda ham bir qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Namangan viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat içki işlar boşqarmasi va viloyat soliq boşqarmalarining 2019 yil 13 dekabrdagi “Viloyatda qişloq xöjaligi, ayniqsa suğoriladigan ekin yerlarini muxofaza qiliş, ulardan oqilona va samarali foydalanişini taʼminlaş çora-tadbirlari xaqida”gi qöşma farmoyişiga asosan ötkazilgan monitoringda tumanda 40 nafar fermer xöjaliklari tomonidan 305 gektar yer maydonlari boşqa maqsadlarda foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Aksariyat fermerlar ğallaçilik yönalişiga ixtisoslaştirilgan bölib, mazkur yer maydonlarida xöjalik rahbarlari tomonidan tegişli ruxsatnoma olmagan holda, özboşimçalik bilan boğzor barpo etib, yer maydonlaridan boşqa maqsadlarda foydalanib kelayotganliklari aniqlangan.
Şu bois, Yangiqörğon tuman xokimligi iqtisodiy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat etib, bir qator fermer xöjaliklariga nisbatan, fermer xöjaliklari tomonidan özboşimçalik bilan barpo etilgan boğzorlarni majburiy tartibda buzdiriş majburiyatini yuqlaşni söragan.
Işga (mutaxassis) sifatida jalb etilgan Yangiqörğon tuman yer resurlari va davlat kadastri bölimi hamda Tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi vakillari daʼvoni qöllab haqiqatdan ham nizoli yer maydonlari örganilganligini, örganişda xöjaliklarga tegişli yer maydoniga boğ taşkil etiş uçun tuman hokimining qarori viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlangandan söng uşbu yerlarga kadastr xujjatlari tayyorlanişi lozimligini, uşbu holatda yer maydoni tegişli tartibda davlat röyxatidan ötkazilmaganligini, xöjalik özboşimçalik bilan noqonuniy boğzor barpo etganliklarini bildirişgan.
Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudi Plenumining 2004 yil 12 martdagi “Qişloq xöjaligida qonuniylikni taʼminlaş va yerdan foydalanişdagi suiisteʼmolçiliklarning oldini olişda iqtisodiy sudlarning rolini oşiriş töğrisida” gi 115-sonli qarorining 11-bandiga muvofiq, maxalliy davlat hokimiyati organlarining fermer xöjaligi yuritiş uçun yer uçastkasi ajratiş töğrisidagi qarorining özigina yer uçastkasiga bölgan huquqni vujudga keltirmaydi. Özbekiston Respublikasi Yer kodeksi (bundan buyon matnda Yer kodeksi deb yuritiladi)ning 31-moddasiga muvofiq, yuridik va jisoniy şaxslarning yer uçastkasiga bölgan huquqi joyning özida çegaralar belgilanganidan, yer uçastkalarining planlari(çizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uçastkalariga bölgan huquq davlat röyxatiga olinganidan keyin vujudga keladi.
Yer kodeksining 45-moddasi birinçi va uçinçi qismiga köra, kadastr baholanişiga köra örtaça tuman bonitet ballidan 20 foizidan köp bölgan suğoriladigan qişloq xöjaligi yerlari alohida qimmatga ega bölgan unumdor suğoriladigan yerlar jumlasiga kiradi, alohida qimmatga ega bölgan unumdor suğoriladigan qişloq xöjalik yerlarini korxonalar, binolar va inşootlar qurilişi uçun berişga alohida hollarda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga binoan yöl qöyiladi.
Iqtisodiy işni köriş jarayonida fermer xöjaliklari xeç qanday xuquqiy xujjatlarsiz yer uçastkasiga bölgan huquqni davlat röyxatiga olinmagan holatda özboşimçalik bilan noqonuniy ravişda boğzor taşkil qilib olganliklari aniqlangan.
Yer kodeksining 91-moddasi muvofiq, özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalari ularga ğayriqonuniy ravişda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegişliligiga köra qaytariladi.
Yer uçastkalarini foydalaniş uçun yaroqli holatga keltiriş, şu jumladan undagi imoratlarni buziş yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallab olgan şaxslar hisobidan amalga oşiriladi.
Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvçiga, ijaraçiga yoki yer uçastkasi mulkdoriga qaytariş tegişli tuman, şahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga köra amalga oşiriladi.
Sud, özboşimçalik bilan barpo etilgan boğzorni fermer xöjaligi hisobidan majburiy tartibda buzdiriş majburiyatini yuqlaş töğrisidagi daʼvoni asosli deb topib, daʼvoni qanoatlantirgan.
Özbekiston Respublikasi Yer kodeksining 84-moddasiga binoan yerlardan foydalaniş hamda ularni muxofaza qiliş ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari, şuningdek maxsus vakolatga ega bölgan davlat organlari amalga oşiradilar.
Uşbu kodeksining 85-moddasiga köra, yerlardan foydalaniş hamda ularni muxofaza qiliş ustidan davlat nazoratini amalga oşiruvçi davlat organlari öz vakolatlari doirasida yer töğrisidagi qonun xujjatlarini buzganlik uçun yer uçastkalarini olib qöyiş, şu jumladan yerlarni ijaraga beriş şartnomalarini muddatidan oldin bekor qiliş haqidagi, şuningdek yerlardan foydalanişni çeklaş va töxtatib qöyişga doir materiallarni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etiş huquqiga ega.
Şunga qaramasdan, tuman yer resurlari va davlat kadastri bölimi mutasaddi xodimlari özlariga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganlari, qişloq xöjiligi foydalanuvida bölgan yer maydonlaridan xöjasizlarça foydalanişiga eʼtiborsizlik bilan qaraganlari natijasida yuqoridagi kabi salbiy xolatlar kelib çiqqani körinadi.
Sud aniqlangan holatlar yuzasidan qonun hujjatlari buzilişiga barham beriş va keyinçalik huquqbuzarliklarning oldini oliş maqsadida xususiy ajrim çiqarib, tegişli çora-tadbirlar köriş uçun Namangan viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boşqarmasiga ijro etiş uçun yuborgan.
Yuqoridagi xolatlardan kelib çiqib, xulosa qilib aytsak aholi soni tobora oşib borayotganda, ona zaminimiz yer maydonlarini asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazişimiz zarurligini har birimiz çuqur anglab, davlatimiz ravnaqi yölida yerdan yer maydonlaridan oqilona va maqsadli foydalanişimiz zarur.
Namangan viloyat iqtisodiy işlar böyiça sudyasi:
Raʼnoxon Mamajonova









