Joriy yilning 1 noyabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida oyoq qöllari boğlanib, yoqib yuborilgan odam jasadi topildi.
Bildirilişiça, soat 19:20 da Ğuzor tuman prokuraturasiga tuman IIB navbatçilik qismiga “Paçkamar” MFY, Paçkamar qişloğidagi eski gips toş konidan yoşi 30-35 larda bölgan erkak jasadi topilgani haqida xabar kelib tuşgan.
Şaxsi nomaʼlum murda oyoqlari juft qilingan holda töpiq sohasi, son sohasi va kökrak sohasidan sim bilan ikkala qöllari orqaga qayrilib boğlangan, kuyiş jarohatidan vafot etgan holda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2 noyabr kuni Ğuzor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçi qölga olingan.
Tezkor-suriştiruv davomida şaxsi nomaʼlum murda Ğuzor tumani “Sovliğor” mahallasida yaşovçi 38 yoşli E.A. ekani, uşbu jinoyatni sodir etgan fuqaro esa uning 43 yoşli akasi E.K. ekani aniqlangan.
Qayd etilişiça, marhum E.A. mast holda doimiy ravişda onasi S.D.ni uyatli sözlar bilan haqoratlab, janjal qilib kelgan. 31 oktyabr kuni soat 14:00 da mast holda onasi bilan yana janjallaşib, uni haqoratlab uydan çiqib ketganini eşitgan akaning jahli çiqqan. U ukasi şu qişloqdagi çoyxonada sinfdoşlari bilan spirtli içimlik içib ötirganini bilib, çoyxonaga borib, ukasini özining boşqaruvida bölgan «Gentra»da uyiga olib kelgan.
Boş prokuratura maʼlumotiga köra, aka ukasini urib, qöl va oyoqlarini sim bilan boğlab, şu kuni soat 22:00 da qasddan öldiriş maqsadida, özining avtomaşinasi yukxonasiga joylab, Ğuzor tumani Paçkamar qişloğidagi adirlikka olib borib, ustiga benzin sepib yoqib yuborgan va qasddan öldirgan.









