«Siyob» dehqon bozorida joy talaşib, janjal qilgan sotuvçilarning harakatlariga qonuniy çora körildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
2021 yil 5 sentyabr kuni Samarqand şahrining «Siyob» dehqon bozorida savdo qiluvçi sotuvçilar savdo joyi uçun talaşib, ular örtasida kelişmovçilik sodir bölgan edi.
10 sentyabr kuni uşbu holat yuzasidan töplangan hujjatlar Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudida körib çiqildi.
Sud qaroriga asosan, fuqarolar N.N hamda U.Nlar Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 41-moddasi va 52-moddasining 2-qisimida körsatilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularga nisbatan bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravari jazosi tayinlandi.
Fuqarolar A.N hamda I.Rlar Özbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida körsatilgay maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Voyaga yetmagan A.Dning harakatlarida Özbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida körsatilgan huquqbuzarlik mavjudligi, ammo u javobgarlik yoşiga yetmaganligi sababli, uning qonuniy vakili otasi N.Nga nisbatan Özbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, qonuniy qaror qabul qiliş uçun Samarqand şahar Voyaga yetmaganlar böyiça idoralararo komissiyasiga yuborildi.









