AQŞ harbiylari maxsus amaliyot ötkazgani va IŞID rahbari Abu Bakr al Bağdodiy öldirilgani haqida Newsweek xabar berib ötdi.
Xabarda aytilişiça, AQŞ mudofaa vaziri «qatʼiy işonç» bilan Oq uyga bergan maʼlumotga köra Bağdodiy maxsus amaliyot natijasida yöq qilingan. Ayni vaqtda uşbu xabarni tasdiqlaş borasida işlar olib borilmoqda.
Maxsus amaliyot 26 oktyabrda ötkazilgani aytilmoqda. AQŞ prezidenti Donald Tramp bir hafta muqaddam amaliyotni ötkazişga ruxsat bergan.
Uşbu munosabat bilan Donald Tramp bugun kun davomida bayonot berişi kutilmoqda. Şu vaqtga qadar Bağdodiy öldirilgani yoki asirga olingani haqida bir neça bor xabarlar tarqatilgan. Ammo ulardan birortasi tasdiqlanmagan edi.









