Uyçi tumanida viloyat sudi tomonidan sayyor qabul ötkazildi

Uyçi tumanida viloyat sudi tomonidan sayyor qabul ötkazildi

Sud-huquq sohasidagi islohotlarning ustuvor yönalişlaridan biri — insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, avvalo, asossiz jinoiy taʼqib va şaxsiy hayotga aralaşişdan himoyalaniş, şaxsiy daxlsizlik huquqlari hamda adolatli sud muhokamasiga bölgan huquqlari samarali muhofaza etilişini taʼminlaş hisoblanadi.

Şu sababli fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yeçim topiş uçun yanada qulay şaroit yaratiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Namangan viloyatidagi xalq qabulxonasi, Namangan viloyat sudi va viloyat maʼmuriy sudi hamkorligida sud-huquq masalalari böyiça sayyor qabullar ötkaziş Rejasi işlab çiqilgan.

Uşbu reja ijrosini taʼminlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Uyçi tuman xalq qabulxonasida Namangan viloyat sudi raisi Abdurasul Eranov, jinoyat işlari böyiça Uyçi tuman sudi raisi B.Obidov, fuqarolik işlari böyiça Uçqörğon tumanlararo sudi T.Rajabov, iqtisodiy işlar böyiça Uçqörğon tumanlararo sudi raisi O.Sodiqov hamda Namangan tumanlararo maʼmuriy sudi raisi O.Ziyovuddinovlar iştirokida sayyor qabul ötkazildi.

Oçiq muloqot şaklida taşkil etilgan qabulda 19 nafar fuqarolarning fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ommaviy huquqiy munosabatlarga oid murojaatlari tinglandi.

Murojaatlardan 3 tasi ijobiy hal qilindi, 2 ta murojaat böyiça fuqarolardan apellyatsiya tartibida ariza va şikoyatlari körib çiqiş uçun qabul qilindi va 14 ta murojaatlar böyiça huquqiy tuşuntiriş berildi.

Sayyor qabul doirasida jinoyat işlari böyiça tuman sudi tomonidan sayyor sud majlislari ötkazilib, sayyor sud majlisida Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan 2 nafar şaxs jazoning ötalmagan qismidan şartli ravişda ozod qilindi.

Viloyat sudi va tuman, tumanlararo sudi raislari har bir murojaatçini eşitib, ularning masalalari böyiça tegişli tartibda javob berdi. Örganiş talab etiladigan murojaatlarga muddat belgilanib, fuqarolar bundan xabardor qilinişi aytildi.

Jasurbek Qurbonov,

Namangan viloyat sudi sudyasi

×