ALIMENT MAJBURIYATLARI

ALIMENT MAJBURIYATLARI

Turli davrlarda aliment töğrisidagi tuşunçalar bir qator özgarişlarga uçrab, özining mazmun-mohiyatini yöqotib kelgan. Masalan, XX asrning 20-yillarida alimentlar «Ijtimoiy taʼminotning yasama körinişi, sunʼiy şakli» degan tuşunça mavjud edi. Ijtimoiy taʼminotning rivojlanişi bilan aliment majburiyatlari asta-sekin yöq bölib ketişiga olib keladi, degan nazariya mavjud edi. Keyinçalik bu nazariya öz örnini yöqotdi.

Biroq, aliment majburiyati bilan ijtimoiy taʼminotning rivojlaniş tizimi örtasida uzviy boğliqlik bor, çunki ular umumiy bir maqsadni, u ham bölsa voyaga yetmagan muhtoj şaxslarga moddiy taʼminot berişni öz oldiga maqsad qilib qöyadi.

Aliment - lotinça «alimentum» sözidan olingan bölib, «oziq-ovqat», «nafaqa», «taʼminot», «boqiş uçun mablağlar» degan maʼnolarni anglatadi. Aliment qonun belgilagan hollarda oilaning bir aʼzosi tomonidan oilaning boşqa bir aʼzosi yoki aʼzolarini moddiy taʼminlaş uçun majburiy tölanadigan mablağ. Voyaga yetmagan farzandlariga taʼminot beriş majburiyatini ixtiyoriy ravişda bajarmagan ota(ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyruğiga asosan aliment undiriladi. Aliment majburiyatlari mulkiy huquqiy munosabatlar doirasiga kirib, şu bilan birga özining baʼzi bir maxsus belgilariga va xususiyatlariga ham ega. Aliment majburiyatning fuqarolik huquqidagi majburiyatdan farq qiladigan tomonlari ham bor.

Bular quyidagilardan iborat:

- aliment majburiyatlarining kelib çiqiş asoslari qonunda imperativ asosda belgilangan (qon-qarindoşlik, mehnatga layoqatsizlik, muhtojlik);

- aliment töğrisidagi kelişuv mavjudligi;

- aliment majburiyatlarining şaxsiy xarakterga egaligi;

- aliment qarzdorning, şuningdek undiruvçining vafoti tufayli tugallanadi, meros sifatida boşqa şaxslarga ötmaydi;

- aliment majburiyatlari bepul, agar xatolikka yöl qöyib undirilgan bölsa ham qaytarilmaydi (yolğon maʼlumotlarga va qalbaki hujjatlarga asoslangan hollar bundan mustasno);

- aliment majburiyatlari davomli hisoblanadi, aliment kelajak vaqt uçun olinib, daʼvo qilingan kundan boşlab har oyda, bola voyaga yetguniga qadar undiriladi.

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 64-moddasiga muvofiq ota-onalar öz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqiş va tarbiyalaşga majburdirlar.

Amaldagi qonunda voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz şaxslarni moddiy taʼminlaşdan böyin tovlaş uçun jinoiy javobgarlik belgilangan. Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasiga binoan, moddiy yordamga muhtoj bölgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz şaxsni moddiy taʼminlaşdan böyin tovlaş, yaʼni sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilişi lozim bölgan mablağni jami bölib uç oydan ortiq muddat mobaynida tölamaslik eng kam oylik iş haqining ellik barobarigaça miqdorda jarima, uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki olti oygaça qamoq jazosi bilan jazolanadi.

Ota-ona voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj farzandlariga oid majburiyatlari Özbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 100-moddasida belgilab qöyilgan.

Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj farzandlariga aliment tölaş ota-onaning majburiyatidir. Tölanadigan aliment miqdori taraflarning moddiy va oilaviy axvolini hisobga olib qatʼiy summada belgilanadi va u oyma-oy tölab boriladi.

Oila kodeksining 109-moddasiga binoan, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onasiga taʼminot berişlari va ularga ğamxörlik qilişlari şart. Uşbu majburiyatlar farzandlarning maʼnaviy burçi va vazifasi hisoblanadi.

Moddiy yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz ota-ona foydasiga aliment undirilişi vaqtida ota-onaning ham, farzandlarning ham moddiy, oilaviy şaroitlari, şuningdek, taraflarning barça holatlari hisobga olinişi lozim.

Yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz ota-onaga aliment tölaş töğrisidagi daʼvo oiladagi barça mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlarga nisbatan ham qözğatilişi mumkin.

Oila Kodeksining 111-moddasiga binoan, voyaga yetgan,mehnatga layoqatli farzandlar ota-onasining betobligiga va boşqa qöşimça harajatlarda iştirok etişlari şart. Bu qoida bugungi qonunçilikda yangilikdir. Har bir voyaga yetgan farzandning zimmasiga yuklatiladigan qöşimça harajatlarni qoplaş summasini belgilaşda ularning moddiy şaroitlari hisobga olinadi.

Oila Kodeksining aliment majburiyatlarida aliment undirişning uç xil tartibi belgilangan:

Jumladan, aliment tölaş töğrisidagi kelişuv tuziş, alimentni ixtiyoriy tölaş, alimentni sud tartibida undiriş.

Aliment tölaş töğrisidagi kelişuv aliment tölaşi şart bölgan şaxs bilan aliment oluvçi örtasida tuziladi. Oila Kodeksining 130-moddasiga binoan aliment tölaş töğrisida kelişuv tuziş uçun muomalaga layoqatli böliş talab etilmaydi. 14 yoşgaça bölgan voyaga yetmaganlar hamda sud tartibida muomalaga layoqatsiz deb topilgan şaxslar nomidan kelişuv ularning qonuniy vakillari yaʼni ota-onalar, vasiylar, homiylar tomonidan tuziladi. 14 yoşdan 18 yoşgaça bölgan voyaga yetmaganlar hamda muomalaga layoqatliligi sud tartibida çeklangan şaxslar öz qonuniy vakillarining roziligi bilan aliment tölaş töğrisida kelişuv tuzadilar.

Oila Kodeksining 131-moddasida kelişuvni yozma ravişda tuziş va uni notarial tarzda tasdiqlaş şartligi belgilangan Notarial tartibda tasdiqlanmagan aliment tölaş töğrisidagi kelişuv haqiqiy hisoblanmaydi. Biroq, aliment töğrisidagi (yozma şaklda) kelişuv tuzgan tomonlardan biri amalda uni ijro etişga kirişgan bölsa-yu, ikkinçi tomon uni notarial tasdiqlaşdan boş tortayotgan bölsa, Fuqarolik kodeksining 12-moddasiga muvofiq kelişuv sud tartibida haqiqiy emas, deb topilişi mumkin. Bunday holatda keyinçalik kelişuvni notarial tasdiqlaş talab etilmaydi.

Notarial tasdiqlangan kelişuv ijro kuçiga köra ijro varaqasiga tenglaştiriladi. Bu esa aliment uşlab qoliş uçun boşqa hujjatlarni körsatiş talab qilinmasligini bildiradi. Notarial tasdiqlangan kelişuvni jönatiş, hisobga oliş va saqlaşga nisbatan ijro varaqalarini jönatiş, hisobga oliş va saqlaş qoidalari qöllaniladi.

Aliment tölaş töğrisidagi kelişuvning tomonlarning özaro kelişuvlariga binoan özgartirilişi yoki bekor qilinişi yozma ravişda amalga oşirilib, notarial tasdiqlanişi zarur.

Kelişuvga muvofiq voyaga yetmagan farzandlar uçun belgilanadigan aliment miqdori ular sud tartibida undirganda olişi mumkin bölgan aliment miqdoridan kam bölmasligi kerak. Bu miqdor Oila Kodeksining 99-moddasi bilan belgilab qöyilgan bölib, bir bola uçun iş haqi yoki boşqa daromadning törtdan bir qismini, ikki bola uçun uçdan bir qismini va uçta hamda undan ortiq bola uçun ikkidan bir qismini taşkil qiladi.

Alimentlar aliment tölaşga majbur şaxsning iş haqi va boşqa daromadiga nisbatan muntazam (har oyda, har çorakda va şu kabi) tölanadigan qatʼiy pul miqdorida, mulk beriş yöli bilan, şuningdek, boşqa usullarda ham tölanişi mumkin.

Aliment tölayotgan şaxs alimentni ixtiyoriy ravişda şaxsan yoki öz arizasiga köra işlab turgan joyida, pensiya, nafaqa, stipendiya va boşqa turdagi mablağ olayotgan joyida tölaydi. Alimentning ixtiyoriy ravişda tölab turilişi aliment undiruvçini aliment undiriş haqidagi daʼvo yoki ariza bilan xohlagan vaqtda sudga murojaat qiliş huquqidan mahrum etmaydi.

Aliment oliş huquqiga ega bölgan şaxs, aliment talab qiliş huquqi vujudga kelganidan söng qança muddat ötganidan qatʼiy nazar, xohlagan vaqtda aliment undiriş töğrisidagi talab bilan sudga murojaat qilişga haqlidir. Mazkur şaxs nizo bölmagan taqdirda, voyaga yetmagan farzandlar uçun aliment undiriş töğrisidagi ariza bilan sudga murojaat etişga haqli bölib, bu ariza buyruq tartibida iş yuritiş tarzida körib çiqiladi. Aliment sudga murojaat etilgan vaqtdan boşlab undiriladi. Agar taʼminot uçun mablağ oliş çoralari sudga murojaat qilingunga qadar körilganligi, ammo aliment tölaşi şart bölgan şaxsning uni tölaşdan boş tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, ötgan davr uçun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boşlab uç yillik muddat doirasida undirib olinişi mumkinligi Oila Kodeksida belgilab qöyilgan.

Maʼlumki, avvalgi Nikoh va Oila Kodeksida aliment undiriş uni tölaşga masʼul bölgan şaxsning iş haqi (daromad)dan undirilişi belgilangan edi. Biroq, uşbu qoida bozor iqtisodiyotiga ötiş davrida zamon talablari bilan mos kelmay qoldi. Şu bois aliment tölaş majburiyati aliment tölaşga majbur şaxsning har oydagi iş haqi yoki boşqa daromadidan undirilişi Oila kodeksida belgilab qöyildi. Bunday özgarişlar zamirida mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada rivojlantiriş orqali bola huquqlarining himoya qilinişi yotadi.

Uluğbek Xamdamov
Fuqarolik işlari böyiça Namangan tumanlararo sudining sudyasi                                                             

×