1 noyabrdan nimalar özgaradi? Oşirilayotgan maoşlar va bekor bölayotgan imtiyozlar…

1 noyabrdan nimalar özgaradi? Oşirilayotgan maoşlar va bekor bölayotgan imtiyozlar…

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali 2020 yil 1 noyabrdan kutilayotgan özgarişlar voqealarning şarhini eʼlon qildi.

  1. Har yili noyabrda «Keksalar uçun turizm oyligi» ötkaziladi

Hukumat qaroriga köra, noyabr oyi «Keksalar uçun turizm oyligi» deb eʼlon qilingan.

Uşbu tadbir doirasida hududlardagi turizm infratuzilma obʼektlari tomonidan ixtiyoriy taqdim qilinadigan çegirma va aktsiyalar Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining veb-sahifalarida eʼlon qilib boriladi.

  1. Soliq kodeksi bilan berilgan quyidagi imtiyozlar bekor qilinadi:

Yer soliği böyiça quyidagilar tomonidan egallangan yer uçastkalari:

  • soğlomlaştiriş hamda dam oliş joylari, xususan dam oliş uylari;
  • aholining ommaviy dam olişi va turizm uçun joylar, agar ular tadbirkorlik faoliyati uçun ajratilgan bölsa;
  • sanatoriy-kurort obʼektlari, agar ular turistik zonalarda joylaşgan bölsa;

Mol-mulk soliği böyiça sanatoriy-kurort xizmatlari körsatiş uçun foydalaniladigan köçmas mulk obʼektlari, agar ular turistik zonalarda joylaşgan bölsa.

3. Soğliqni saqlaş organlari boşqaruv xodimlariga har oylik ustama tölanadi

Soğliqni saqlaş vazirligi va hududiy boşqaruv organlari xodimlariga quyidagi miqdorda köp yillik işlaganlik uçun har oylik ustama tölanadi (rağbatlantiriş koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoşiga nisbatan koeffitsiyentlarda):

  • 1 yildan 3 yilgaça – 0,3;
  • 3 yildan 5 yilgaça – 0,6;
  • 5 yildan 10 yilgaça – 0,8;
  • 10 yildan 15 yilgaça – 1;
  • 15 yildan 20 yilgaça – 1,2;
  • 20 yildan yuqori – 1,5.
  1. DTM hamda Badiiy akademiya xodimlarining maoşlari oşiriladi

DTM boşqaruv xodimlari lavozim maoşlarini aniqlaşda tarif koeffitsiyentlari 1,5 baravar miqdorida qöllaniladi.

Özbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati xodimlarining lavozim maoşiga 100 foiz miqdorida oylik ustamalar belgilanadi.

  1. Eksportbop qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, tayyorlaş va qadoqlaş bilan şuğullanuvçi tadbirkorlarga mahsulotlarni xorij fitosanitariya talablariga muvofiqlaştirişga amaliy yordam beriş uçun ösimliklar karantini davlat inspektorlari biriktiriladi.

Öz hududida aniqlangan zararli organizmlar hamda fitosanitar dala nazoratini ötkaziş töğrisida Ösimliklar karantini davlat inspektsiyasiga ixtiyoriy murojaat qilgan va ularning oqibatlarini bartaraf etgan şaxslar maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

  1. Bojxona tizimida yangiça tartib

Bojxona tizimida quyidagiça tartiblar örnatiladi:

  • bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylaştiriş vaqti xavf darajasidan kelib çiqib, 3 sutkadan 1 kungaça qisqartiriladi;
  • bojxona nazoratining muqobil turlarini qöllaşni kengaytiriş orqali tovarlarni bojxona hamrohligida kuzatib boriş holatlari qisqartiriladi;
  • Davlat bojxona qömitasining xavflarni boşqariş tizimi avtomobil çegara bojxona postlarida joriy etiladi;
  • transport vositalarini vaqtinçalik olib kirişda taşuvçiga real vaqt rejimida elektron şaklda qayta olib çiqiş muddati tugaşidan oldin vaqtinçalik olib kiriş muddatini uzaytiriş va tegişli yiğimni tölaşni amalga oşiriş imkoniyati taqdim etiladi;
  • «bojxona hududida qayta işlaş» bojxona rejimida qayta işlaş mahsulotlarining çiqiş normasini identifikatsiyalaş va baholaş uslubiyati tadbirkorning özi tomonidan işlab çiqiladi.
  1. Mobil aloqa operatorlari uçun imtiyozlar

Mobil aloqa operatorlariga radioelektron qurilmalar, asbob-uskunalar va boşqa qurilmalarni Özbekistonga olib kiriş ruxsatnomasini, sotib oliş, örnatiş, loyihalaş va quriş uçun ruxsatnoma olmasdan, belgilangan tartibda rasmiylaştiriş huquqi beriladi.

Barça vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarida amaldagi rahbar örinbosarlaridan biriga raqamlaştiriş böyiça örinbosar (Chief Digital Officer) vakolatlari yuklatiladi.

  1. Davlat xaridlari tizimida mahalliy işlab çiqaruvçilar iştiroki kengaytiriladi

Davlat xaridlari tizimida mahalliy işlab çiqaruvçilar iştirokini kengaytiriş maqsadida:

  • ustav fondida davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslarning umumiy qiymati bazaviy hisoblaş miqdorining 50 ming baravaridan yuqori bölgan import tovarlari xaridlarining maqsadga muvofiqligi har çorakda kuzatuv kengaşlari tomonidan majburiy tartibda körib çiqiladi;
  • xorijda işlab çiqarilgan alohida tovarlar, şuningdek, xorijiy şaxslar tomonidan bajariladigan işlarning davlat xaridlaridagi iştiroki vaqtinçalik taqiqlanadi va çegaralanadi;
  • Davlat xaridlaridagi iştiroki vaqtinçalik taqiqlangan va çegaralangan, xorijda işlab çiqarilgan tovarlar böyiça tender (tanlov) iştirokçilari takliflarini baholaşda mahalliy işlab çiqarilgan tovarlarga nisbatan import tovarlarining CIP (Özbekiston) narxidan 15 foizdan köp bölmagan miqdorda preferentsiya beriladi.
×