Bugungi kunda yuksak texnik va texnologiyalar hamda rivojlangan taraqqiyot, şuningdek, inson huquqlari asri sifatida eʼtirof etiş mumkin. Avvalo, jamiyatning taraqqiy etişi va rivojlanişida insonning örni qançalik zarur ekanligi heç birimizga sir emas. Taʼkidlaş joizki, odam savdosi – inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol qilib, ularning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilişdek oğir va jirkanç jinoyat hisoblanadi. Mazkur holat bilan boğliq jinoyatlar hozirgi kunda ayrim mamlakatlarda keng tarqalib, dunyo hamjamiyatini jiddiy taşvişga solib kelmoqda. Ayrim şaxslarning respublikamizda inson huquqlari uçun işlab çiqilgan qonunlarga böysunmagan holda mömay daromad topiş ilinjida turli davlatlarga ketib, u yerga borib har qanday şaroitda işlayotgan yoşlarimizning borligi açinarli holat.
Odam savdosi qullikning zamonaviy usuli, qul savdosining yangi turidir. Jinoyatçilar, birinçi navbatda, ayollar va bolalarni majburiy mehnat va jinsiy qullik qopqoniga aldab tuşirmoqda. Odam savdosi bilan şuğullanuvçi şaxslar kuç, firibgarlik, majburlaş va boşqa jinoiy vositalardan foydalangan holda, himoyaga muhtoj, zaif va tuşkunlikka tuşgan insonlarni dunyoning boşqa davlatlariga olib ketadi. Odam savdosi jinoyati transmilliy xarakterga ega ekani bois, uning oldini oliş, jabrlanuvçilarni himoya qiliş va aybdorlarni jazolaş uçun barça davlatlarning özaro hamkorligiga ehtiyoj sezilmoqda.
Odam savdosi insonlarni huquq va erkinliklardan mahrum qiladi, butun dunyoda uyuşgan jinoyatçilikning rivojlanişiga sabab böladi. Şu jumladan, bu jinoyat şaxslarga xavf tuğdiriş yöli bilan qörqitiş, jismoniy va ruhiy tazyiq ötkaziş, nomusga tegiş, hujjatlarni öğirlaş orqali amalga oşiriladi. Jabrlanuvçilar mehnat ekspluatatsiyasi va jinsiy ekspluatatsiyaga majbur qilinadi. Maʼlumki, mehnat ekspluatatsiyasi qullik, majburiy mehnat va qarz tobeligini, jinsiy ekspluatatsiya esa jinsiy tijorat sanoati tuzoğiga tuşgan insonlarga nisbatan şafqatsiz muomalani aks ettiradi.
Mamlakatimizda odam savdosining oldini oliş, unga çek qöyiş borasida turli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida Özbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanişi, ularga köra inson, uning hayoti, erkinligi, şaʼni, qadr-qimmati va boşqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanişi belgilab qöyilgan. Konstitutsiyaning 26-moddasiga köra esa, heç kim qiynoqqa solinişi, zöravonlikka, şafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvçi boşqa tarzdagi tazyiqqa duçor etilişi mumkin emas.
Odam savdosiga qarşi kuraşişning qonuniy tartibga solinişi şaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilişda samarali vosita hisoblanadi. Odam savdosiga qarşi kuraş böyiça olib borilayotgan çora-tadbirlar samaradorligini oşiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boşqa manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda 2008 yil 17 aprelda "Odam savdosiga qarşi kuraşiş töğrisida"gi Qonun qabul qilindi. Qonun qabul qilinişida xalqaro huquqiy normalar bilan bir qatorda, Rossiya, Moldova, Ozarbayjon kabi xorijiy davlatlarning qonunçilik sohasidagi tajribalari eʼtiborga olingan.
Qonunning maqsadi odam savdosiga qarşi kuraşiş bilan boğliq masalalarni hal etişdan iborat. Şuningdek, odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça faoliyatni amalga oşiruvçi davlat organlarining vakolatlari qonunda aniq körsatilgan. Odam savdosiga qarşi kuraşiş faoliyatining idoralararo xarakterga ega ekani inobatga olinib, odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça davlat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş yuzasidan odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça Respublika idoralararo komissiyasini taşkil etiş belgilangan. Şuningdek, qonunda odam savdosidan jabrlanganlarga yordam körsatiş (tibbiy, psixologik, ijtimoiy, yuridik va boşqa) va himoya qiliş kabi qoidalar öz aksini topgan.
Bundan taşqari, 2008 yil 8 iyulda Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Odam savdosiga qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi Qarori qabul qilingan. Mazkur Qaror bilan odam savdosiga qarşi kuraşning samaradorligini oşiriş böyiça işlarning Milliy rejasi, Odam savdosiga qarşi kuraş böyiça idoralararo komissiyasining Nizomi hamda Odam savdosiga qarşi kuraş böyiça idoralararo Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlanib, jabrlanuvçilarga huquqlari himoyasi kafolatlandi.
Xulosa örnida şuni taʼkidlaş joizki, insonni uluğlaş, uning huquq va erkinligi himoyasini taʼminlaş asosiy qadriyatga aylangan uşbu davrda odam savdosining har qanday körinişiga qarşi kuraş muammosi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zero, Konstitutsiya, milliy qonunçilik va umumeʼtirof etilgan xalqaro qonunçilik normalari mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlaş, uning hayoti, soğliği, qadr-qimmati va boşqa qonuniy manfaatlari daxlsizligini himoya qiliş insonparvar huquqiy-demokratik davlatning ustuvor vazifalaridan biridir.
Adxam Mirzayev
Viloyat sudi raisining örinbosari
Abdulaziz Payazov
Sudya katta yordamçisi









