Özbekistonda hafta örtasida yomğir yoğişi kutilmoqda

Özbekistonda hafta örtasida yomğir yoğişi kutilmoqda

Özgidromet xabariga köra, 1-3 dekabr kunlari Özbekiston hududi böyiça quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asta-sekin kötariladi va 3 dekabrga kelib kunduzi havo 12-13 daraja iliqqaça isiydi. 

4-5 dekabr kunlari respublika hududiga nam va nisbatan sovuq havo kirib kelişi kutilmoqda. Şimoliy hududlardan taşqari, respublika hududi böyiça baʼzi joylarda yomğir yoğişi, toğlarda yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi mumkin.

Havo harorati 6-11 daraja iliqqaça pasayadi.

1-5 dekabrda harorat keçalari 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqaça atrofida böladi.

Şamol şarqdan birozdan örtaça tezlikkaça esadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tuşişi mumkin.

Toşkentda 1-3 dekabrda yoğingarçilik kutilmaydi. 4-5 dekabrda vaqti-vaqti bilan jadalligi asosan biroz bölgan yomğir yoğadi.

Harorat keçalari 0-5 daraja iliq böladi, kunduz kunlari 1-3 dekabrda 13-15 daraja iliqqaça kötariladi, 4-5 dekabrda 8-11 daraja böladi.

Teglar:
×