“HAYITLIK OLGAN BOLALAR”: Ular pullarini nimaga sarflaşmoqda?

“HAYITLIK OLGAN BOLALAR”: Ular pullarini nimaga sarflaşmoqda?

Bugungi qutluğ ayyom, ayniqsa, kiçik farzandlarimiz uçun unutilmas kun. Erta tongda masjiddan çiqişimizni yangi kiyim kiyib kutib turgan bolalarimizni körib, ularga borini bergimiz keladi. Fayzli dasturxon atrofida va nurli çehralar qurşovida kiçkintoylarga zavq bilan hayitlik ulaşamiz. Hammada muborak bayram hayajoni va kayfiyati.


Şu lahzalarda har birimizning bolalik çoğlarimiz yodga tuşadi. Subhidam qoronğusida otamiz va katta akalarimiz qadamini poylardik. Ular tezroq namozdan çiqişsa-yu, hayitlik olardik, deya intizorlik bilan közimiz tört bölardi. Söng mehr bilan uzatilgan pullarni sanab, boşimiz osmonga yetardi. Öşa çoğda bizdan baxtli odam yöq edi dunyoda. Nonuştadan söng qarindoşlarimiznikiga umid bilan çopardik, örtoqlarimizga yiqqan pullarimizni köz-köz qilib maqtanardik.


Men ham boşqa tengdoşlarim qatori bu ayyomni intiqib kutardim. Bolaligim qiyinçilik yillariga töğri kelgani uçunmi, har holda töplagan pulimga uyimizga non yoki biror yegulik xarid qilardim. Hayitlikning qoğoz pullari va tangalarini deyarli maktab uçun öquv qurollari sotib olişga sarflardim. Qaniydi, ikki hayit darrov kelib, ota-onalarimiz ataganlarini berişsa, daftar-ruçkamizning kamini töldirardim, degan niyatda şirin entikardim.


Şaxsiy kutubxonamdagi aksariyat kiçik hajmdagi kitoblarni ham şu hadyalar hisobidan olganman. Şu kunlardan va tarbiyadan roziman, çunki hozir yomon bölmadik!
Yangi davr bolalari-çi, ular hayitlik pullarini nimaga işlatişyapti?! Mahalladagi dökonlarni öğlim bilan erinmay aylanaman. Ertalabdan ularning işi yurişgan, qöli qöliga tegmaydi. Tijorat atrofi turli öyinçoqlar-u, bir martalik sifatsiz mahsulotlar, içimliklarga töla, hatto ularning köçma yoymasi yöl böyigaça çiqqan. Biror dökondan daftar, kitob, ruçka sotib olgan boğça tarbiyalanuvçisi va maktab öquvçisini körmadim. Biz esa ularning şunça pulni bir kunlik narsalarga sarf qilişlariga oddiy voqea sifatida qaraymiz, bir yilda 2 marta yayrab qolişsin, deymiz. Ha, ayb özimizda, tuşuntirişga hafsalamiz yöq yoki dilbandlarimizni öz istagiga moyil qöyib beramiz.


Axir yoşlikdan tejamkorlik fazilati şakllantirilmaydimi.
Umuman, turli ommaviy bayramlarda, sayllarda bolalarimizning xarid qilayotgan mahsulotlari va sifatiga eʼtiborli bölaylik. Bu ham bir çiroyli maʼnaviyat, asl savdo madaniyati, işonçli salomatlikdir!

Orifjon JÖRAYEV,
«Yangi Özbekiston» gazetasining Namangandagi muxbiri.

×