Oliy Majlis deputati: “Toşkentga işlagani kelgan viloyatliklar topgan pulini faqat jarimalarni tölaşga sarflaşmoqda”

Oliy Majlis deputati: “Toşkentga işlagani kelgan viloyatliklar topgan pulini faqat jarimalarni tölaşga sarflaşmoqda”

22 oktyabr kuni parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida Özbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi.

Jumladan, «Aholini iş bilan taʼminlaş töğrisida»gi qonun loyihasi deputatlar örtasida turli bahs-munozaralarni keltirib çiqardi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.

Deputat Rasul Kuşerbayev fikriça, qonun loyihasida aholini iş bilan taʼminlaşdagi hozirgi real muammolar töla aks etmagan. Şu bois u Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovga ayrim fikrlar bilan murojaat qildi.

«Janob vazir, 12 sentyabr kuni nomzodingizni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga maʼqullaşdan avval sizga Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 223-moddasi (Pasport tizimi qoidalarini buziş-tah.) böyiça joylarda juda köp muammolar yiğilib qolgani, bu yönalişda aholining davlatga va qonunlarga bölgan salbiy fikri saqlanib qolayotgani hamda endilikda mavjud holatni yaxşilaş uçun nima iş qilmoqçisiz, deya savol bergandim.

Siz esa vazirlikda qiladigan birinçi işingiz şu yönalişda bölişini aytgandingiz.
Mana, aholini iş bilan taʼminlaş yönalişida yangi qonun qabul qilinmoqda, lekin unda holatni tuzatiş maqsadida yozilgan biror jumlani topolmadim.

Qaytaraman, har kuni aynan şu modda asos qilinib, respublikaning turli hududlaridan Toşkentga iş izlab kelgan yuzlab kişilar avtobuslarni töldirib IIB bölimlariga olib kelinadi va jarimaga tortiladi. Ular işlagan pulini faqat jarimalarni tölaşga sarflaşmoqda.

Biz ular uçun amal qiliş deyarli imkonsiz bölgan qonunlarni yaratib qöyganmiz. Tasavvur qiling, Toşkentga iş izlab kelgan fuqaro turar-joy topişi, maʼlum tölovlar evaziga röyxatdan ötişi kerak. Röyxatdan ötişning özi uçun esa qançadan-qança hujjat töldiradi.

Biz bir hududdan ikkinçi hududga işlaş maqsadida köçib ötayotgan fuqarolar uçun yangi, yengilroq tizim qilişimiz kerak, bizga yangi yeçim kerak», – dedi Rasul Kuşerbayev.

Deputatning qöşimça qilişiça, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 223-moddasi – fuqarolarning erkinliklarini çeklaş bilan birga, korruptsiyaga keng yöl oçib, yangidan-yangi qonunbuzarliklarga huquqiy asos bölib qolmoqda.

«Ayrimlar bu moddaning buzilişi va undan keladigan jarima tuşumlaridan manfaatdor bölişi mumkin.

Janob vazir, agar haqiqatda odamlarni öylasangiz, ikkala vazirlik (Içki işlar vazirligi nazarda tutilmoqda-tah.) eng avvalo şu masalaga yeçim toping», – deb taʼkidladi Kuşerbayev.

Uning sözlarini diqqat bilan eşitgan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov bu masalaning bugun muhokamaga qöyilgan «Aholini iş bilan taʼminlaş töğrisida»gi qonun bilan emas, boşqa bir qonun orqali tartibga solinişi kerakligini bildirdi.

Qonun loyihasi uçinçi öqişdan keyin köpçilik deputatlar ovoziga köra qabul qilindi va maʼqullaş uçun Senatga yuboriladigan böldi.

×